Bundesligadan chiqib ketgan “SHalke” futbolchilariga klub muxlislari hujum qildi
21 apr 2021 20:15
Yangiliklar
Bundesligadan chiqib ketgan “SHalke” futbolchilariga klub muxlislari hujum qildi
Mazkur o'yindan keyin jamoaning yuzlab muxlislari uy stadioni yaqiniga yig'ildi. “SHalke” avtobusi u erga kelib to'xtagandan keyin ishqibozlar futbolchilarga hujum qildi. O'yinchilarning ko'pchiligi qochishiga to'g'ri keldi.
“CHorshanba kuni erta tongda Bilefelddan qaytgach, futbolchilar va ayrim muxlislar guruhi o'rtasida qisqa muloqot bo'ldi. Suhbat davomida nomalum shaxslar belgilangan chegarani kesib o'tishdi. Buni qabul qilib bo'lmaydi.
Bundesliga-2'ga tushib ketganimizdan keyin tushkunlik va xafagarchilikka qaramay, klub hech qachon futbolchilar va xodimlarimizga bo'ladigan jismoniy tahdidga yo'l qo'ymaydi. Kechagi to'qnashuvda aynan shu narsa yuz berdi.
Klub mazkur xatti-harakatni qatiyan qoralaydi va xodimlarimizni qo'llab-quvvatlaydi. Hodisa yuzasidan tergov olib borilmoqda”, deyiladi klub bayonotida.
Gelzenkirxenliklar 1988 yildan beri ilk bor Bundesligadan quyi divizionga tushib ketdi.
De spelers van Schalke 04 moesten gisteren na de nederlaag vluchten voor een grote groep boze supporters die teleurgesteld waren over de degradatie. pic.twitter.com/1CNBZALfS4
— Voetbal Ultras (@VoetbalUltras) April 21, 2021
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar