Bundesliga TV huquqlarni sotib, klublarni moliyalashtirmoqchi
06 fev 2023 23:47
Yangiliklar
Bundesliga TV huquqlarni sotib, klublarni moliyalashtirmoqchi
Bundesliga TV huquqlar xaridoridin izlamoqda.
Malumotlarga ko'ra, Bundesliga 3 oydan beri teletranslyaciyalarning tijorat huquqi bo'yicha investicion fondlar bilan muzokara o'tkazmoqda. Liga klublarni moliyalashtirish uchun TV huquqlarning minoritar qismini (boshqarish huquqiga ega bo'lmagan qismi) sotmoqchi.
Ayni damda TV huquqlar uchun 5 investor davogarlik qilmoqda. Kurashga Amerikaning investicion kompaniyasi, "Real" va "Barselona"ni qayta moliyalashtirishda ishtirok etgan Sixth Street qo'shilishi mumkin. Sixth Street 2022 yilning yozida Kataloniya klubiga moliyaviy imkoniyatlar yaratishda yordam bergan. Kompaniya "Barsselona"ning tv huquqlardan tushadigan 25% foydasini 25 yilga sotib olgan edi.
Fikrlar