So’nggi yangiliklar

12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  2 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  2 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  7 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  4 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  16 09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  3 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  22 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  4 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  3 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  4 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  8

Bundesliga. Prevyu: "Xoffenxaym"ning yoqimli seriyasini Dortmund buza oladimi? Yangiliklar

Bundesliga. Prevyu: "Xoffenxaym"ning yoqimli seriyasini Dortmund buza oladimi?

Germaniya Bundesligasida hali ham mag'lubiyat alamini tatib ko'rmagan "Xoffenxaym" bugun "Borussiya Dortmund" qarshiligiga duch keladi.


Bundesligada ushbu mavsumda ajoyib o'yinlari va engilmasligi bilan ajralib turgan "Xoffenxaym" jamoasining o'yinlari ko'pchilikka qiziqish uyg'otmoqda. Yosh va istedodli murabbiy deya qaralayotgan Yulian Nagelsmanning falfasalari hozircha jamoa foydasiga ishlamoqda.
29 yoshli mutaxassis qo'l ostida "Xoffenxaym" hattoki "Bavariya"ga qarshi o'yinda ham munosib o'ynadi va asosiy vazifa mag'lubiyatga uchramaslikni qoyilmaqom qilib uddaladi.

Ayni paytda turnir jadvalining 4-pog'onasidan o'rin olib turgan "Xoffenxaym" dortmundliklardan ikkita o'rin tepada.

Demak bugun Tomas Tuxel "Rayn-Nekkar-Arena"da kechadigan o'yinda jamoasini g'alaba qozonish uchun alohida reja tayyorlashi kerak bo'ladi. Karlo Anchelotti "Bavariya" bilan uddalay olmagan ishni Tuxel amalga oshirib, jamoasi manziliga bo'layotgan tanqidlarga munosib javob berishga urinib ko'rishi aniq.

"Borussiya" uchun bu bahs nafaqat odatiy uch ochkoga bo'ladigan kurash, balki turnir jadvalida yonma-yon ketayotgan "qo'shni" ustidan qozoniladigan g'alaba va qiymati 6 ochkoga teng bo'lgan muhim o'yin.

Joriy mavsumda "Borussiya" jamoasi bundesligada muntazam yaxshi o'yin ko'rsata olmayapti. Bunga jamoa futbolchilarining ketma-ket olayotgan jarohatlari va boshqa bazi sabablarni keltirish mumkin. Lekin har qanday vaziyatda ham dortmundliklar uchun hozir ular egallab turgan 6-o'rin yarashmaydi. "Xoffenxaym" esa chempiondagi eng ko'p murosaga keluvchi jamoalar ichida peshqadam sanaladi. Ular o'tkazilgan 14ta o'yindan 8tasida durang qayd etishgani fikrimizga misol bo'la oladi.
Yulian Nagelsman "Xoffenxaym" klubi tarixida yangi sahifa ochmoqchi, yani ular ushbu mavsumda evrokuboklar uchun beriladigan yo'llanmalardan birini egallashmoqchi. Hozircha ularning ishi ko'ngildagidek, deyish mumkin.


Bugungi o'yin ko'pchilikning diqqat markazida turibdi. CHiroyli va hujumkor o'yin ko'rsatishni xush ko'ruvchi jamoalarning o'zaro uchrashuvlari muxlislarni zeriktirib qo'ymasligi aniq.
Turnir jadvalidagi holat va uchrashuv deyarli 6 ochkoga teng qiymatga egaligi o'yin afishasini kattalashtirishga xizmat qiladi.

"Xofenxaym"ning Bundesligada mag'lubiyatsiz ketayotgani va ularni balki endi "Borussiya" taslim eta oladimi, degan savolga javob izlayotgan muxlislar uchun bu o'yin haqiqiy desert.


O'zaro o'yinlar haqida fakt:
Ushbu jamoalar hozirga qadar 16 marotaba o'zaro kuch sinashishgan. Bu o'yinlarning 6tasida "Borussiya Dortmund"ning qo'li baland kelgan bo'lsa, yana shuncha uchrashuvda "Xoffenxaym" zafar quchgan. Qolgan to'rtta bahsda g'olib nomi aniqlanmagan.


Bundesliga, 15-tur. Turnir jadvali

"Xoffenxaym" - "Borussiya Dortmund" (00:30)

"Rayn-Nekkar-Arena" stadioni.

Bosh hakam: Benjamin Brand.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика