Bundesliga logotipida qanday mano yashiringan?
05 iyu 2020 10:26
Yangiliklar


Bundesliga logotipida qanday mano yashiringan?
2002 yilda qabul qilingan Germaniya chempionatining timsolida sakragan holatida to'pga zarba berishga urinayotgan futbolchi tasvirlangan.
O'yinchining ham, to'pning ham tasviri oq rangda ishlangan. Orqa fon esa – qizil.
Nemis futboli mutasaddilarining fikricha, Bundesliga logotipi musobaqaning eksklyuzivligini namoyish etadi. Boshqa top-ligalar (Angliya, Ispaniya, Italiya va b.) o'z timsollarida o'yinchilarni emas, ko'proq mavhum narsalarni gavdalantirishgan. Germaniyada esa futboldagi asosiy element sifatida federaciyalar, ligalar yoki boshqa tuzilmalarga emas, aynan futbolchilarga va ularning maydondagi o'yiniga qaraladi. Musobaqa timsolida ham shunday manoni ifodalashga urinilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar