Bundesliga. "Leypcig" – "Borussiya" uchrashuvida "Bavariya" g'alaba qozondi
02 fev 2020 00:45
Yangiliklar


Bundesliga. "Leypcig" – "Borussiya" uchrashuvida "Bavariya" g'alaba qozondi
Qiziqarli ruhda o'tgan bahsda durang natija qayd etildi. Dastlab, birinchi Myonxengladbaxning "Borussiya"si ikki to'p farqi bilan oldinga chiqib oldi. Ikkinchi bo'lim avvalida mezbonlar hisobni qisqartirishdi. 61-daqiqada esa "Borussiya"ning franciyalik hujumchisi Alisson Plea maydondan chetlatildi. Uchrashuv yakuniga yaqin yana bir francuz asosiy sahnaga chiqdi. O'tgan yozda PSJdan xarid qilingan Kristofer Nkunku uchrashuvda yakuniy hisobni o'rnatdi, 2:2. Durang har ikki jamoaning zarariga ishladi. Jumladan, mazkur turga qadar chempionatda karvonboshilik qilgan "Leypcig" "Bavariya"ni oldinga o'tkazib yubordi, Myunxen superklubi yana o'z o'rnini topdi. Myonxengladbaxliklar esa 4-o'ringa tushib ketdi.
Bundesliga musobaqa jadvali bilan tanishing.
RB Leipzig Patrik Schick - 50', Christopher Nkunku - 89' |
1. Bundesliga . 20-tur 01/02/2020, 22:30 2
:
2
Tugadi
|
Borussia Moenchengladbach Alassane Plea - 24', Jonas Hofmann - 35' |
Stadion: Red Bull Arena Leipzig, 42146 tomoshabin
Bosh hakam: Tobias Stieler
RB Leypcig – Borussiya M 2:2
1 fevral, 22.30, «Red Bull Arena Leypcig»
Gollar:
0:1 – 24 Plea, 0:2 – 35 Xofmann, 1:2 – 50 SHik, 2:2 – 89 Nkunku.
RB Leypcig – Gulachi, Xalstenberg, Upamekano, Klostermann, Mukiele (SHik, 46), Laymer, Adams (Olmo, 69), Nkunku, Zabitcer, Forsberg (Poulsen, 46), Verner.
Borussiya M – Zommer, Elvedi, Vendt, Ginter, Layner, Noyxaus (Djonson, 90), Xofmann, Zakariya, Kramer (SHtrobl, 29), Tyuram (Embolo, 63), Plea.
Ogohlantirishlar:
Noyxaus (18), Plea (61), Elvedi (61), Embolo (69), Verner (73).
CHetlatish:
Plea (61).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar