Bundesliga klubi Belgiya terma jamoasi futbolchisi bilan yangi shartnoma imzoladi
11 dek 2019 17:45
Yangiliklar


Bundesliga klubi Belgiya terma jamoasi futbolchisi bilan yangi shartnoma imzoladi
Germaniyaning “Volfsburg” klubi belgiyalik darvozabon Kun Kastells bilan yangi shartnoma imzoladi.
Yangi kelishuvga binoan hamkorlik 2024 yilning yoziga qadar davom etadi.
27 yoshli Kastels 2015 yilning yanvarida “Xofenxaym”dan 1,5 million evro evaziga sotib olingan.
Ushbu mavsumda belgiyalik posbon barcha turnirlarda 8 ta o'yin o'tkazdi va o'z darvozasidan 9 ta gol olib chiqdi.
Transfermarkt Kastellsning narxini 13 million evroga baholagan. Eslatib o'tamiz “Volfsburg” ayni damda turnir jadvalining 9-pog'onasini egallab turibdi. "Volfsburg" keyingi uchrashuvni 15 dekabr kuni “Borussiya M”ga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar