Rasman: MYU 62,5 mln funtlik transferni elon qildi
01 iyu 18:18
Yangiliklar


Rasman: MYU 62,5 mln funtlik transferni elon qildi
"Manchester Yunayted" Mateus Kunyaning transferini elon qildi.
Bitim tafsilotlari malum qilinmadi, biroq Kunya 2031 yilgacha uzaytirish imkoniyati bilan 2030 yilgacha shartnoma imzolashi haqida malumot tarqaldi.
MYU Kunyaning transferi uchun uchta transh orqali 62,5 mln funt to'laydi, deb xabar bermoqda jurnalist Ben Jeykobs.
"Manchester Yunayted"ning aniqlik kiritishicha, "Vulverxempton" bilan kelishuvga erishilgan, "Atletiko" sobiq hujumchisi bilan bitim tuzish esa viza va ro'yxatdan o'tishga bog'liq.
Kunya Braziliya terma jamoasi qarorgohidan qaytgach, yakuniy kelishuv amalga oshishi kutilmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar