Bundesliga futbolchisi O'zbekiston terma jamoasida o'ynashi mumkin
31 may 2016 10:19
Yangiliklar
Bundesliga futbolchisi O'zbekiston terma jamoasida o'ynashi mumkin
"Daryo"ning xabar berishicha, Valdemar O'zbekistonda tug'ilgan. Bu borada biz ham futbolchi haqida qiziqib ko'rdik.
Yakunlangan mavsumda Anton Bundesliganing 8 uchrashuvida maydonga tushib Menxengladbaxning "Borussiya" darvozasiga 1 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.
"1996 yilda tavallud topgan Anton Valdemar 2008 yilda "Gannover"ga kelgan, keyin esa jamoaning barcha yosh toifasida to'p tepgan. Markaziy himoyachi o'zining tinimsiz mehnati tufayli 2015 yilda klub bilan professional shartnoma tuzgan" - deyiladi nemis klubi rasmiy saytida.
"Gannover" rasmiy saytida berilgan malumotlarga ko'ra, Anton haqiqatdan ham 1996 yil 20 iyulda O'zbekistonda tug'ilgan, ammo millati nemis.
"Gannover" yakunlangan mavsumda 18-o'rinni egalladi va kelasi mavsumda Germaniyaning ikkinchi darajali ligasida ishtirok etadi.
Fikrlar