Bundesliga birinchi davra so'nggi tur uchrashuvlari prevyusi
20 dek 2013 14:48
Yangiliklar

Bundesliga birinchi davra so'nggi tur uchrashuvlari prevyusi
Bu hafta dam olish kunlari Germaniya bundesligasida birinchi davra so'nggi tur uchrashuvlari o'tkaziladi.
Ushbu tur doirasidan o'rin olgan deyarli barcha o'yinlarning murosasiz bahslarga boy tarzda o'tishi kutilmoqda. Boisi har qanday jamoa mavsumning ilk qismini muvaffaqiyatli yakunlashni va muxlislarini shod etishni istaydi. Biroq g'alaba qozonish hammaga ham nasib etmaydi. Demak, barcha uchrashuvlarni maroq bilan tomosha qilishimiz uchun arzirli sabablar etarli. Quyida 17 tur uchrashuvlarining o'yinoldi tafsilotlari bilan qisqacha tanishib olish imkoniga egasiz.
Dastavval, bu turda o'zaro to'qnash keluvchi jamoalar bilan tanishib oling:
21.12 00:30 AYNTRAXT F : FK AUGSBURG
21.12 19:30 BORUSSIYA D : GERTA BERLIN
21.12 19:30 VERDER BREMEN : BAYER
21.12 19:30 FRAYBURG : GANNOVER 96
21.12 19:30 GAMBURG : MAYNC 05
21.12 19:30 AYNTRAXT B : XOFFENXAYM
21.12 22:30 NYURNBERG : SHALKE 04
22.12 19:30 BORUSSIYA M : VOLFSBURG
29.01 00:00 SHTUTGART : BAVARIYA
• "Ayntraxt" bu mavsumda ilk bor juma kuni o'yin o'tkazadi. Ushbu klubning avvalgi bahslari asosan shanba va yakshanba kunlari bo'lib o'tgandi.
• "Augsburg" futbolchisi Xalil Altintop avvalroq Frankfurt jamoasi safida ham to'p surgan. (49 o'yin, 3 ta to'p)
• "Augsburg" 2013 kalendar yilida "Ayntraxt F" ga qaraganda umumiy hisobda deyarli ikki barobar ko'proq g'alaba qozongan. "Augsburg" da 14 ta, "Ayntraxt F" da esa 8 ta g'alaba mavjud.
• Bu jamoalar shu paytgacha faqat ikki bor to'qnash kelishgan. O'tgan mavsumdagi uchrashuvlarda ikki jamoa ham bir martadan g'alaba nashidasini surgan edilar.
• "Augsburg" ning eng ko'p to'p o'tkazib yuborgan bahsi, aynan, "Ayntraxt F" ga qarshi bo'lib o'tgan bo'lib, unda 2-4 hisobi qayd etilgan.
• Dortmundliklar bundesliga doirasidagi so'nggi besh uchrashuvdan faqat bittasida g'alaba qozonishdi, xolos!
• "Gerta" ga qarshi bahs "Borussiya D" uchun mavsumdagi 52 uchrashuvdir.
• "Gerta" futbolchisi Adrian Ramos 10 bor raqiblar darvozasini ishg'ol etdi. SHu paytgacha "Gerta" tarkibida faqat Erik Beergina birinchi davrani 10 ta gol urgan holda yakunlagan edi (1975/76 mavsumda).
• Adrian Ramos to'purarlar bahsida faqat Robert Levandovskidan ortda bormoqda. Levandovski hisobida 11 ta gol mavjud. Demak, bu turda ikki to'purarlar to'qnashuviga guvoh bo'lamiz.
• Yos Luxukay boshqargan jamoalar hech qachon Yurgen Klopp ustozligidagi jamoani yuta olgan emas.
• "Borussiya" hujumchisi Pier-Emerik Obemiyang mavsumda 9 ta to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi. Bundesliga tarixida hali hech bir yangi sotib olingan o'yinchi birinchi davrada buncha gol urmagan edi.
• Dortmund jamoasi "Gerta" ga qarshi kechgan oxirgi etti o'yindan faqat bittasidagina mag'lubiyatga uchragan.
• Jamoalarning so'nggi to'rt to'qnashuvidan birotasida ham "Gerta" raqib darvozasini ishg'ol eta olgani yo'q.
• "Verder" oxirgi besh ta turdagi eng yomon ko'rsatgich sihibi bo'lib turibdi. Bremenlikar so'nggi besh uchrashuvda bor-yo'g'i BIR ochko to'plashni uddalashdi! To'plar nisbati esa 9-20…
• "Bremenlik mashshoqlar" jamoasi 16 uchrashuvda 16 ochko yig'a oldi. Bu "Verder" ning 1974/75 mavsumdan buyon qayd etgan eng yomon natijasidir.
• "Verder" "Bayer" ni oxirgi marta to'rt yil avval mag'lub etgan edi. Bu voqea 2009 yil 30 may kuni Germaniya Kubogi finalida sodir bo'lgan bo'lib, unda Mesut Ozil kiritgan yagona gol "Verder" ga g'alaba keltirgan edi.
• "Gannover" Mirko Slomka boshchiligidagi eng muvaffaqiyatsiz mavsumini o'tkazmoqda. Ushbu murabbiyning o'tgan mavsumlarda qayd etgan natijalari ancha yaxshi edi.
• "Frayburg" da ham kichik inqiroz davri kechmoqda. Bu jamoa oxirgi besh uchrashuvning hammasida mag'lubiyat alamini totib ko'rishga majbur bo'ldi. Bunday natija, ketma-ket besh mag'lubiyat, 2005 yilda ham takrorlangan edi. O'shanda "Frayburg" ni Folker Finke boshqarar edi.
• Diqqatga sazovor jihatlardan yana biri shuki, mezbonlar bu mavsumda biror marta ham uy uchrashuvida zafar quchishmadi.
• "Gannover" to'purari Xusti "Frayburg" ga qarshi bahsda jamoasiga yordam bera olmaydi. Uning hisobidagi sariq kartochkalar soni ortib ketgan.i bois bu matchni o'tkazib yuborishga majbur.
• "Gannover" "Frayburg" ga qarshi kechgan oxirgi to'rt uchrashuvda g'olib chiqa olmagandi. Ikki ta o'yin "Frayburg" g'alabasi bilan yakunlangan bo'lsa, yana ikki uchrashuvda durrang qayd etilgan.
• "Gamburg" o'z tarixida ilk bor 16 ta matchda 16 ochko to'pladi.
• "Gamburg" so'nggi uchrashuvida g'alaba qozongan taqdirda ham birinchi davrani turnir jadvalining ikkinchi yarmidan joy olgan holda yakunlaydi.
• "Maync" 2009 yilgi mavsumda bundesligaga qaytgandi. O'shandan buyon bu jamoani Tomas Tuxel boshqarib kelmoqda. Raqib jamoa - "Gamburg" da esa bu vaqt mobaynida 12 ta murabbiy almashdi!
• "Gamburg" futbolchisi Pier-Mishel Lazogga uchun mavsum ajoib kechmoqda. Ushbu futbolchi o'zining bundesligadagi ilk mavsumidayoq 9 ta to'p kiritishni uddasidan chiqdi. Mavsumning ikkinchi qismi oldinda ekanini inobatga olsak, Lazoggada o'zini ko'rsatish uchun, albatta, yana imkoniyatlar bo'ladi.
• Hakan Kalxanoglu 19 yoshidayoq dunyoning bir qator top-klublari etiborini o'ziga jalb eta oldi. Aftidan u qishdayoq bundesligani tark etadiganga o'xshaydi…
• "Maync" shu paytga qadar bo'lib o'tgan uchrashuvlarda "Gamburg" dan sakkiz ochko olishga erishgan. Ularning ettitasi, aynan, Tuxel boshchiligida amalga oshirilgan.
• "Xoffenxaym" uch o'yindirki mag'lubiyat nima ekanini bilmay kelmoqda. Bu jamoa mavsumdagi umumiy to'rt g'alabasidan uchtasini safarda qo'lga kiritgani etiborga molik.
• Sakkiz ochko bilan so'nggi pog'onani band etib turgan "Ayntraxt B" hozirgacha 2 ta g'alabaga erishdi. Ularda taslim etilgan raqiblar esa ancha kuchli jamoalardir: "Bayer" va "Volfsburg".
• "Xoffenxaym" bundesligada ishtirok etayotganidan beri biror marta ham birinchi davraning so'nggi tur uchrashuvida uch ochko qo'lga kirita olmagan.
• Braunshvayglik futbolchilar bor-yo'g'i 9 marta raqiblar davozabonlarini hafa qilishni uddasidan chiqishdi. Bu hozircha bundesligadagi eng yomon natija bo'lib turibdi.
• "Ayntraxt" butun jamoa bo'lib 9 marta to'p kiritgan bo'lsa, "Xoffenxaym" futbolchisi Robert Firminoning o'zi raqiblar darvozasini 8 marta ishg'ol qilishga ulgurdi.
• Hali birorta o'yinda ham g'alaba qonoa olmaganiga qaramay, "Nyurnberg" turnir jadvali so'nggi pog'onasida bormayotgani- kishini lol qoldiradi. Bu jamoa hisobida 10 ochko mavjud. Bu ochkolarning hammasi durrang o'ynash orqali qo'lga kiritilgan.
• Uchrashuv mezbonlari "SHalke" ga qarshi kechgan oxirgi uch uy uchrashuvini g'olib sifatida yakunlashgan.
• "SHalke" oxirgi marta Nyurnbergda 2009/10 mavsumning ilk turida g'alaba qozongandi. O'shanda Feliks Magat boshqaruvida bo'lgan "SHalke" 2-1 hisobida zafar quchgandi. Jamoaning ikkita to'pini ham Kevin Kuranyi kiritgandi.
• Tarixga nazar solinsa, "Nyurnberg" "SHalke" ni ko'pincha 3 ta to'p farqi bilan mag'lub etganiga guvoh bo'lish mumkin. Nyurnbergda bo'lib o'tgan so'nggi ikkita uchrashuvda ham 3-0 va 4-1 hisoblari qayd etilgan.
• "Volfsburg" hisobida 29 ochko mavjud. Agar "bo'rilar" "Borussiya M" dan ochko olishni uddalaydigan bo'lishsa, jamoa o'zi uchun ajoib natija qayd etadi. Boisi "Volfsburg" faqatgina 2004/2005 yilgi mavsum birinchi davrasini 30 ochko bilan yakunlagan edi.
• Myonxengladbaxning "Borussiya" jamoasi uchun ham mavsum ajoib tarzda kechmoqda. Bu jamoa uy uchrashuvlarining 8 tasida maydonni g'olib sifatida tark etib kelishayotir.
• "Volfsburg" ham safar uchrashuvlaridan ko'ra uyda o'tadigan matchlarda muvaffaqiyatliroq o'yin namoyish etadi. "Bo'rilar" 29 ochkoning 10 tasinigina safarda qo'lga kiritishgan.
• Bu ikki jamoa 13 marta Myongxengladbaxda bahs yuritishgan bo'lib, "Borussiya-Park" dagi uchrashuvlarning faqat oltitasida mezbonlar zafar quchishgan. Qolgan ettita bahs mexmonlar foydasiga xal bo'lgan.
• "Bavariya" "SHtutgart" ga qarshi kechgan oxirgi to'qqiz o'yinning barchasida zafar quchgan. Bu o'yinlarda jami 30 marta "SHtutgart" darvozasi ishg'ol etilgan.
• Ushbu ikki jamoaning so'nggi to'qnashuvi 2013 yilning 1 iyun kuni bo'lib o'tgandi. Germaniya Kubogi finalida bahs yuritgan jamoalar bahsida "Bavariya" 3-2 hisobida g'alaba qozongandi.
• "SHtutgart" ga qarshi kechgan oxirgi 12 ta uchrashuvda kiritilgan 13 ta to'pda Frank Riberi bevosita ishtirok etgan (6 ta gol, 7 ta golga hammualliflik).
• "Bavariya" umumiy hisobda 55 marta "SHtutgart" dan ustun kelgan.
Guvohi bo'lganingizdek, 17 tur uchrashuvlari ichida bir qator qiziqarli o'tishi kutilayotgan bahslar mavjud. Ularni tomosha qilish orqali yana bir bor Evrofutbol havosidan baxra olish imkoniga ega bo'lasiz, deb o'ylaymiz. Bu tur o'yinlari yakunlangach bundesligada qisqa muddatli tanaffus elon qilinadi. Bu vaqt oralig'ida jamoalar ikkinchi davraga tayyorgarlik olib boradilar. Qolaversa, tarkibni kuchaytirish to'g'risida bosh qotirayotgan klublar safida o'zgarishlar bo'lishi ham kutilmoqda. SHu va shu kabi bundesliga atrofidagi yangiliklar bilan "Championat.asia" da qishki tatil vaqtida ham tanishib borish imkoniga egasiz.
Zoxirjon Akramxonov tayyorladi

"AYNTRAXT" FRANKFURT - "FK AUGSBURG"Frankfurtliklar ustozi Armin Vey bugun murabbiy sifatida bundesligadagi 250 uchrashuvini o'tkazadi. Ammo uning bu yubileyni katta quvonch bilan o'tkazishiga to'sqinlik qiluvchi jihat ham bor: Vey aynan Augsburgda tug'ilgan, "Augsburg" jamoasi tarkibida to'p surgan va murabbiylik faoliyatini ham, aynan, shu klubda boshlagan. Taqdirning xazilini qarang, Armin Veyga yubiley uchrashuvida o'zi uchun juda ham qadrli bo'lgan jamoa "Augsburg" raqiblik qiladi.
• "Ayntraxt" bu mavsumda ilk bor juma kuni o'yin o'tkazadi. Ushbu klubning avvalgi bahslari asosan shanba va yakshanba kunlari bo'lib o'tgandi.
• "Augsburg" futbolchisi Xalil Altintop avvalroq Frankfurt jamoasi safida ham to'p surgan. (49 o'yin, 3 ta to'p)
• "Augsburg" 2013 kalendar yilida "Ayntraxt F" ga qaraganda umumiy hisobda deyarli ikki barobar ko'proq g'alaba qozongan. "Augsburg" da 14 ta, "Ayntraxt F" da esa 8 ta g'alaba mavjud.
• Bu jamoalar shu paytgacha faqat ikki bor to'qnash kelishgan. O'tgan mavsumdagi uchrashuvlarda ikki jamoa ham bir martadan g'alaba nashidasini surgan edilar.
• "Augsburg" ning eng ko'p to'p o'tkazib yuborgan bahsi, aynan, "Ayntraxt F" ga qarshi bo'lib o'tgan bo'lib, unda 2-4 hisobi qayd etilgan.
"BORUSSIYA" DORTMUND - "GERTA" BERLIN"Gerta" ning mag'lubiyatga uchratilishi orqali "Borussiya D" futbolchilari "Bayer" bilan orada mavjud bo'lgan ochkolar farqini qisqartirib olish imkoniga ega bo'lishadi. Qolaversa, Klop shogirdlarida ochkolar hisobini 35 taga etkazib, birinchi davrani so'nggi uch mavsumdagi eng yaxshi natija bilan yakunlash imkoni ham mavjud.
• Dortmundliklar bundesliga doirasidagi so'nggi besh uchrashuvdan faqat bittasida g'alaba qozonishdi, xolos!
• "Gerta" ga qarshi bahs "Borussiya D" uchun mavsumdagi 52 uchrashuvdir.
• "Gerta" futbolchisi Adrian Ramos 10 bor raqiblar darvozasini ishg'ol etdi. SHu paytgacha "Gerta" tarkibida faqat Erik Beergina birinchi davrani 10 ta gol urgan holda yakunlagan edi (1975/76 mavsumda).
• Adrian Ramos to'purarlar bahsida faqat Robert Levandovskidan ortda bormoqda. Levandovski hisobida 11 ta gol mavjud. Demak, bu turda ikki to'purarlar to'qnashuviga guvoh bo'lamiz.
• Yos Luxukay boshqargan jamoalar hech qachon Yurgen Klopp ustozligidagi jamoani yuta olgan emas.
• "Borussiya" hujumchisi Pier-Emerik Obemiyang mavsumda 9 ta to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi. Bundesliga tarixida hali hech bir yangi sotib olingan o'yinchi birinchi davrada buncha gol urmagan edi.
• Dortmund jamoasi "Gerta" ga qarshi kechgan oxirgi etti o'yindan faqat bittasidagina mag'lubiyatga uchragan.
• Jamoalarning so'nggi to'rt to'qnashuvidan birotasida ham "Gerta" raqib darvozasini ishg'ol eta olgani yo'q.
"VERDER" BREMEN - "BAYER" LEVERKUZENSami Xyupiya boshchiligidagi "Bayer" bu turdagi g'alaba orqali jamoa tarixidagi yangi rekordini o'rnatishi mumkin. Leverkuzenliklar shu paytgacha hech ham birinchi davrani 40 ochko bilan tugatishmagan.
• "Verder" oxirgi besh ta turdagi eng yomon ko'rsatgich sihibi bo'lib turibdi. Bremenlikar so'nggi besh uchrashuvda bor-yo'g'i BIR ochko to'plashni uddalashdi! To'plar nisbati esa 9-20…
• "Bremenlik mashshoqlar" jamoasi 16 uchrashuvda 16 ochko yig'a oldi. Bu "Verder" ning 1974/75 mavsumdan buyon qayd etgan eng yomon natijasidir.
• "Verder" "Bayer" ni oxirgi marta to'rt yil avval mag'lub etgan edi. Bu voqea 2009 yil 30 may kuni Germaniya Kubogi finalida sodir bo'lgan bo'lib, unda Mesut Ozil kiritgan yagona gol "Verder" ga g'alaba keltirgan edi.
"FRAYBURG" - "GANNOVER 96""Gannover" mavsum davomida o'tkazilgan ettita safar uchrashuvining birortasida ham g'alaba qozona olmadi. Agar "Frayburg" ham "Gannover" ni mag'lub etadigan bo'lsa, shimolliklar yangi anti-rekord sohibiga aylanadilar. Bunday natijani 1988/89 mavsumda Frankfurtning "Ayntraxt" jamoasi qayd etgan edi. O'shanda Frankfurtliklar birinchi davradagi barcha safar uchrashuvlarini mag'lubiyatga uchragan holda o'tkazishgan.
• "Gannover" Mirko Slomka boshchiligidagi eng muvaffaqiyatsiz mavsumini o'tkazmoqda. Ushbu murabbiyning o'tgan mavsumlarda qayd etgan natijalari ancha yaxshi edi.
• "Frayburg" da ham kichik inqiroz davri kechmoqda. Bu jamoa oxirgi besh uchrashuvning hammasida mag'lubiyat alamini totib ko'rishga majbur bo'ldi. Bunday natija, ketma-ket besh mag'lubiyat, 2005 yilda ham takrorlangan edi. O'shanda "Frayburg" ni Folker Finke boshqarar edi.
• Diqqatga sazovor jihatlardan yana biri shuki, mezbonlar bu mavsumda biror marta ham uy uchrashuvida zafar quchishmadi.
• "Gannover" to'purari Xusti "Frayburg" ga qarshi bahsda jamoasiga yordam bera olmaydi. Uning hisobidagi sariq kartochkalar soni ortib ketgan.i bois bu matchni o'tkazib yuborishga majbur.
• "Gannover" "Frayburg" ga qarshi kechgan oxirgi to'rt uchrashuvda g'olib chiqa olmagandi. Ikki ta o'yin "Frayburg" g'alabasi bilan yakunlangan bo'lsa, yana ikki uchrashuvda durrang qayd etilgan.
"GAMBURG" - "MAYNC""Gamburg" futbolchilari "Maync" ga qarshi kechadigan uchrashuvlarda ancha muvaffaqiyatli to'p suradilar. Buni so'nggi to'rt uchrashuvdagi mag'lubiyatsiz seriya ham tasdiqlab turibdi. Mainc shahri sharafini himoya qiluvchi jamoada esa buning aksi. Ammo "Maync" bu noxush ananaga chek qo'yish niyatida.
• "Gamburg" o'z tarixida ilk bor 16 ta matchda 16 ochko to'pladi.
• "Gamburg" so'nggi uchrashuvida g'alaba qozongan taqdirda ham birinchi davrani turnir jadvalining ikkinchi yarmidan joy olgan holda yakunlaydi.
• "Maync" 2009 yilgi mavsumda bundesligaga qaytgandi. O'shandan buyon bu jamoani Tomas Tuxel boshqarib kelmoqda. Raqib jamoa - "Gamburg" da esa bu vaqt mobaynida 12 ta murabbiy almashdi!
• "Gamburg" futbolchisi Pier-Mishel Lazogga uchun mavsum ajoib kechmoqda. Ushbu futbolchi o'zining bundesligadagi ilk mavsumidayoq 9 ta to'p kiritishni uddasidan chiqdi. Mavsumning ikkinchi qismi oldinda ekanini inobatga olsak, Lazoggada o'zini ko'rsatish uchun, albatta, yana imkoniyatlar bo'ladi.
• Hakan Kalxanoglu 19 yoshidayoq dunyoning bir qator top-klublari etiborini o'ziga jalb eta oldi. Aftidan u qishdayoq bundesligani tark etadiganga o'xshaydi…
• "Maync" shu paytga qadar bo'lib o'tgan uchrashuvlarda "Gamburg" dan sakkiz ochko olishga erishgan. Ularning ettitasi, aynan, Tuxel boshchiligida amalga oshirilgan.
"AYNTRAXT" BRAUNSHVAYG - "XOFFENXAYM"Etibor qiling: Bundesligada yana bir yangi – navbati bo'yicha 846-to'qnashuv! "Ayntarxt B" - "Xoffenxaym". Bu ikki jamoa shu paytga qadar to'qnash kelishmagan edi. Bu jamoalarning bundesligadagi ilk uchrashuvi kimning g'alabasi bilan yakuniga etar ekan?!
• "Xoffenxaym" uch o'yindirki mag'lubiyat nima ekanini bilmay kelmoqda. Bu jamoa mavsumdagi umumiy to'rt g'alabasidan uchtasini safarda qo'lga kiritgani etiborga molik.
• Sakkiz ochko bilan so'nggi pog'onani band etib turgan "Ayntraxt B" hozirgacha 2 ta g'alabaga erishdi. Ularda taslim etilgan raqiblar esa ancha kuchli jamoalardir: "Bayer" va "Volfsburg".
• "Xoffenxaym" bundesligada ishtirok etayotganidan beri biror marta ham birinchi davraning so'nggi tur uchrashuvida uch ochko qo'lga kirita olmagan.
• Braunshvayglik futbolchilar bor-yo'g'i 9 marta raqiblar davozabonlarini hafa qilishni uddasidan chiqishdi. Bu hozircha bundesligadagi eng yomon natija bo'lib turibdi.
• "Ayntraxt" butun jamoa bo'lib 9 marta to'p kiritgan bo'lsa, "Xoffenxaym" futbolchisi Robert Firminoning o'zi raqiblar darvozasini 8 marta ishg'ol qilishga ulgurdi.
"NYURNBERG" - "SHALKE 04"Bundesligada 16 ta tur uchrashuvlari o'tkazildi, lekin "Nyurnberg" biror marta ham g'alaba qozona olmadi. Agar nyurnberglik futbolchilar oxirgi turda ham g'olib bo'la olishmasa, bundesligada yangi antirekord o'rnatilishi guvohi bo'lishimiz mumkin.
• Hali birorta o'yinda ham g'alaba qonoa olmaganiga qaramay, "Nyurnberg" turnir jadvali so'nggi pog'onasida bormayotgani- kishini lol qoldiradi. Bu jamoa hisobida 10 ochko mavjud. Bu ochkolarning hammasi durrang o'ynash orqali qo'lga kiritilgan.
• Uchrashuv mezbonlari "SHalke" ga qarshi kechgan oxirgi uch uy uchrashuvini g'olib sifatida yakunlashgan.
• "SHalke" oxirgi marta Nyurnbergda 2009/10 mavsumning ilk turida g'alaba qozongandi. O'shanda Feliks Magat boshqaruvida bo'lgan "SHalke" 2-1 hisobida zafar quchgandi. Jamoaning ikkita to'pini ham Kevin Kuranyi kiritgandi.
• Tarixga nazar solinsa, "Nyurnberg" "SHalke" ni ko'pincha 3 ta to'p farqi bilan mag'lub etganiga guvoh bo'lish mumkin. Nyurnbergda bo'lib o'tgan so'nggi ikkita uchrashuvda ham 3-0 va 4-1 hisoblari qayd etilgan.
"BORUSSIYA" MYONXENGLADBAX - "VOLFSBURG"Turnir jadvalida to'rtinchi va beshinchi pog'onalarni band etib turgan ikki jamoa bahsi ko'pchilikda qiziqish uyg'otmoqda. "Bo'rilar" jamoasi asosiy raqibida o'zib ketish uchun to'rtta to'p farqi bilan g'alaba qozonishi talab etiladi. Ammo uchrashuvning "Borussiya M" maydonida o'tkazilishini inobatga olsak, bu oson bo'lmaydi.
• "Volfsburg" hisobida 29 ochko mavjud. Agar "bo'rilar" "Borussiya M" dan ochko olishni uddalaydigan bo'lishsa, jamoa o'zi uchun ajoib natija qayd etadi. Boisi "Volfsburg" faqatgina 2004/2005 yilgi mavsum birinchi davrasini 30 ochko bilan yakunlagan edi.
• Myonxengladbaxning "Borussiya" jamoasi uchun ham mavsum ajoib tarzda kechmoqda. Bu jamoa uy uchrashuvlarining 8 tasida maydonni g'olib sifatida tark etib kelishayotir.
• "Volfsburg" ham safar uchrashuvlaridan ko'ra uyda o'tadigan matchlarda muvaffaqiyatliroq o'yin namoyish etadi. "Bo'rilar" 29 ochkoning 10 tasinigina safarda qo'lga kiritishgan.
• Bu ikki jamoa 13 marta Myongxengladbaxda bahs yuritishgan bo'lib, "Borussiya-Park" dagi uchrashuvlarning faqat oltitasida mezbonlar zafar quchishgan. Qolgan ettita bahs mexmonlar foydasiga xal bo'lgan.
"SHTUTGART" - "BAVARIYA""Gollivud FK" ning Klublar o'rtasidagi Jahon CHempionatida ishtirok etishi bois 17 turning eng qiziq o'tishi kutilayotgan bahslaridan biri biroz kechroq o'tkaziladigan bo'ldi. Bu o'yin 29 yanvar kuni tungi soat 00:00 da bo'lib o'tadi.
• "Bavariya" "SHtutgart" ga qarshi kechgan oxirgi to'qqiz o'yinning barchasida zafar quchgan. Bu o'yinlarda jami 30 marta "SHtutgart" darvozasi ishg'ol etilgan.
• Ushbu ikki jamoaning so'nggi to'qnashuvi 2013 yilning 1 iyun kuni bo'lib o'tgandi. Germaniya Kubogi finalida bahs yuritgan jamoalar bahsida "Bavariya" 3-2 hisobida g'alaba qozongandi.
• "SHtutgart" ga qarshi kechgan oxirgi 12 ta uchrashuvda kiritilgan 13 ta to'pda Frank Riberi bevosita ishtirok etgan (6 ta gol, 7 ta golga hammualliflik).
• "Bavariya" umumiy hisobda 55 marta "SHtutgart" dan ustun kelgan.
Turning markaziy uchrashuvi: "BORUSSIYA M" : "VOLFSBURG"

Fikrlar