So’nggi yangiliklar

14:55Аёллар Осиё Кубогига қуръа ташланди: Ўзбекистон КХДР билан беллашади  0 14:37БУМ! Ўзбекистон МТЖ ноябрь ойида Тошкентда жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  11 14:26Ўзбекистон U-23 терма жамоаси хотира турнирида Японияга имкониятни бой берган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:13"Арсенал" Салиба билан шартномани узайтириш жараёнини тезлаштирди  1 13:40Мақсад U-23 Осиё кубогини ютишми ёки Олимпиадага чиқиш?   3 13:20Кичик Пеледан Марадона Жуниоргача: яшил майдонда омади чопмаган фарзандлар  2 12:55Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақасида Малайзия ўрнини эгаллайди  3 12:37Футбол фахрийси Гурам Дараселия вафот этди  3 12:32"Металлург" – сокинлик бағридаги юбилей  9 12:03Расман: "Бунёдкор" легионер ҳужумчи трансферини эълон қилди  2 11:45Муҳаммадали Усмонов: "Андижон" мухлисларининг бундай илиқ кутиб олиши бошқача қувонч ва хурсандчилик бағишлади"  1 11:22"Бу рассомни Ван Гог билан солиштиришга ўхшайди". Гвардиола Месси ва Ямаль ҳақида  4 10:54Санчо учинчи марта "Боруссия"га қайтиши мумкин  0 10:26"Пахтакор" ва "Бунёдкор" собиқ ҳужумчиси фаолиятини "Шўртан"да давом эттириши мумкин  8 09:55Жоау Феликснинг "Ал Насср"даги маоши маълум  1

Bundesliga: 19-tur prevyusi Yangiliklar

Bundesliga: 19-tur prevyusi

Ushbu haftaning dam olish kunlari Germaniya bundesligasida navbatdagi 19-tur uchrashuvlari o'tkaziladi.
Bu turda ham qiziqarli o'tishi kutilayotgan bir qator uchrashuvlar mavjud. “Shampionat Asia” sizni ushbu to'qnashuvlarning o'yinoldi tafsilotlari bilan qisqacha tanishtirib o'tadi. Demak, bizda bundesliga 19-tur uchrashuvlari prevyusi.

Tanishib oling, bu turda quyidagi jamoalar o'zaro bahs olib borishadi:

01.02 00:30 da  AYNTRAXT B : BORUSSIYA D
01.02 19:30 da  SHALKE 04 : VOLFSBURG
01.02 19:30 da  BAYER 04 : SHTUTGART
01.02 19:30 da  XOFFENXAYM : GAMBURG
01.02 19:30 da  MAYNC 05 : FRAYBURG
01.02 19:30 da  AUGSBURG : VERDER
01.02 22:30 da  GANNOVER : BORUSSIYA M
02.02 19:30 da  GERTA : NYURNBERG
02.02 20:30 da  BAVARIYA : AYNTRAXT F

01.02.2014| 00:30
Ayntraxt Braunshvayg  :  Borussiya Dortmund

Turning dastlabki uchrashuvi Braunshvayg shahrida bo'lib o'tadi. Unda mahalliy "Ayntraxt" bundesliga etakchilaridan biri sanaluvchi "Borussiya" Dortmundni qabul qiladi.
• "Sariq-qoralar" jamoasi bundesligada to'rt o'yindirki g'alaba qozona olmayapti. Bunday voqea yaqin to'rt yil ichida sodir bo'lmagan edi. Xo'sh, ushbu qora seriya yana davom etadimi yoki dortmundliklar uzoq kutilgan g'alabani qo'lga kiritishadimi?!
• Bugungi bahsda to'qnash kelayotgan ikki jamoaning bosh murabbiylari Torsten Liberknext va Yurgen Klopp bir necha yil avval “Maync”da birgalikda faoliyat olib borishgan.
• Dortmund super-klubining ushbu mavsumda namoyish etayotgan o'yini jamoa muxlislarini unchalik ham shod etayotgani yo'q. Boisi jamoa bir tekisda o'ynay olmayapti. Misol uchun, dortmundliklar uydagi o'yinlardan ko'ra safardagi uchrashuvlarda yaxshiroq natijalar qayd etishmoqda.
• Mavsumda 11 bor raqiblar darvozasini ishg'ol etgan Robert Levandovskining gollari soni  "Ayntraxt"ning urgan umumiy gollaridan ko'ra ko'proq ekani kishini hayron qoldiradi. Braunshvaygliklar hisobida jami 10 ta gol mavjud.
• Polyak hujumchisi to'rt uchrashuvdan buyon gol ura olmay kelmoqda. U bugun ushbu noxush ananani buza olarmikan…
• Katta umidlar bilan olib kelingan Geynrix Mxitaryan dortmundlik muxlislarni xursand qila olmayapti. U jamoaning so'nggi 13 bellashuvida raqiblar darvozasini ishg'ol eta olmadi. Qolaversa, bosh vazifasi sanalgan asistentlikda ham Mxitaryan muvaffaqiyatli o'ynay olmayapti. Boisi futbolchi 9 ta uchrashuvdan beri jamoadoshlarini golli uzatmalar bilan taminlayotgani yo'q.



01.02.2014 | 19:30
Bayer 04 Leverkuzen  :  SHtutgart

"Bayer" va "SHtutgart" jamoalari o'rtasidagi to'qnashuvlar har doim ham futbol ixlosmandlari nigohida bo'lib kelgan. Bu safar ham ushbu uchrashuvni ko'pchilik muxlislar intiqlik bilan kutishmoqda. Turning markaziy o'yini maqomini olgan ushbu bahsda kimning qo'li baland kelishi ko'pchilikni qiziqtirmoqda. Ko'ramiz, bu gal omad kimga kulib boqar ekan…
• "Bayer" etakchisi SHtefan Kissling "SHtutgart"ga qarshi bo'lib o'tgan so'nggi olti uchrashuvning hammasida gol urishga muvaffaq bo'lgan.
• Etiborga molik yana bir jihat shundaki, bugungi kunda faoliyatini davom ettirayotgan futbolchilar orasida bundesligada eng ko'p to'p kiritganlarning to'rttasidan uchtasi, aynan, "Bayer" safida o'ynaydi. Kisling 120 ta, Kakau 87 ta va Vedad Ibishevich 81 martadan gol urishga muvaffaq bo'lishgan. Bu qatorga faqatgina "Bavariya" vakili Klaudio Pizarro kiradi. Uning hisobida bundesligada kiritilgan 167 to'p mavjud.
• Yana Kisling haqida: SHtefan oxirgi to'rt bellashuvda muxlislarini quvontira olmadi. Qiziq tomoni shundaki, ushbu xujumchi so'nggi ikki yilda ilk bor ketma-ket to'rt bahsni golsiz o'tkazdi.
• "Bayer" safida porlayotgan Sidney Semning bundesligadagi debyut uchrashuvi, aynan, "SHtutgart"ga qarshi kechgandi. O'shanda uning jamoasi g'alaba qozongandi. Bu safar ham shunday bo'larmikan…
• Sem qaytmoqda. 23 noyabrda "Gerta"ga qarshi kechgan bahsda jarohatlangan ushbu iqtidorli futbolchi jamoasiga yordam berishga shay. U jarohatlanguniga qadar 7  bora gol kiritishga va 5 marta golli uzatma berishga ulgurgandi.



01.02.2014 | 19:30
SHalke 04  :  Volfsburg

Tur doirasidan o'rin olgan yana bir qiziq o'tishi kutilayotgan uchrashuvda "SHalke" "Volfsburg"ga qarshi bahs yuritadi. Grandlarning bu safargi to'qnashuvi kimning g'alabasi bilan yakun topishi bundesliga muxlislarini qiziqtirayotgani, tabiiy. Takidlash joizki, ko'pchilik mutaxassislar ushbu bellashuvda durrang qayd etilishini kutishayotgan ekan. Ko'ramiz, ushbu bashoratlar o'zini oqlarmikan…   
• "SHalke" "Volfsburg"ga qarshi o'z uyida o'tkazgan so'nggi uch belashuvning barchasida g'alaba qozongan. To'plar nisbati 8-0! Bunday natijani boshqa hech bir bundesliga jamoasi qayd etgan emas.
• Jamoalarning birinchi davradagi uchrashuvida "Volfsburg"ning qo'li baland kelgandi. O'shanda "bo'rilar" 4-0 hisobida "SHalke"dan ustun kelishgandi.
• O'sha uchrashuvda Klaas-Yan Xuntelaarning jarohatlangani ham aytib o'tish joiz. Futbolchi o'shandan keyin birinchi davraning qolgan uchrashuvlarini o'tkazib yuborishga majbur bo'ldi.
• "SHalke" bosh murabbiyi Yens Keller futbolchilik faoliyati davomida "Volfsburg" uchun ham to'p surgan. 1997 yilgi mavsumda u "bo'rilar" jamoasining eng muhim o'yinchisiga aylana olgandi.
• Yens Keller ham, Diter Xekking ham 2013 yil boshidan hozirgacha jamoalari bilan 35 martadan o'yin o'tkazishdi. Bundesliga doirasida bo'lib o'tgan ushbu bellashuvlarda "SHalke" ko'proq ochko jamg'ara oldi. Keller shogirdlari 61 ochko yig'ishgan. Xeking jamoasi esa 54 ochko bilan kifoyalangan.
• Qiziq bir fakt: "Volfsburg" o'z tarixida faqat bir marta medalli o'rinlardan birini egallagan. Qizig'i shundaki, "bo'rilar" 2009 yilda bu muvaffaqiyatga erishishgan bo'lib, shunda ham jamoa chempionlikni qo'lga kiritgan. Bunaqasi ko'p ham kuzatilmaydi, aziz muxlislar.


02.02.2014 | 21:30
Bavariya Myunxen  :  Ayntraxt Frankfurt

19-turning so'nggi uchrashuvi Myunxendagi "Allianc-Arena"da bo'lib o'tadi. Unda turnir jadvali etakchisi "Bavariya" mavsumni unchalik ham yaxshi o'tkaza olmayotgan "Ayntraxt" Frankfurtni qabul qiladi. Ko'plab muxlis va mutaxassislar "Gollivud FK"ning navbatdagi g'alabasini tahmin qilishmoqda. Ammo frankfurtlik futbolchilar ustozlarining tavallud ayyomiga zo'r sovg'a tayyorlashni maqsad qilishgan. Demak, "Bavariya"ga bu gal oson bo'lmaydi. Ko'ramiz, voqealar qanday rivoj topar ekan…

• "Bavariya" "Allianc-Arena"da o'tkazgan so'nggi 17 o'yinning hammasini g'alaba bilan tugatgan. "Gollivud FK" mexmoni bo'lgan jamoalar hatto bir ochko olishni ham uddalay olishmayotgani etiborga molikdir.
• Frankfurt shahri sharafini himoya qiluvchi "Ayntarxt" fevralda umumiy hisobda ettita uchrashuv o'tkazadi. Bundesliganing boshqa hech  bir jamoasi bu oyda buncha ko'p bahsda maydonga tushmaydi.
• Pep Gvardiola shogirdlari mavsum boshidan buyon jami 31 uchrashuv o'tkazishdi. "Ayntraxt F" esa biroz kamroq – 29 ta bellashuvda maydonga tushdi.
• Frankfurt jamoasi 1989 yildan buyon hech ham turnir jadvali etakchisini mag'lub eta olmay kelmoqda.
• Mexmonlar ustozi Armin Vey fevralning ilk kunida o'z tavallud ayyomini nishonlaydi. SHogirdlari uning uchun munosib sovg'a tayyorlay olisharmikan…  
• Aleks Mayer o'tgan yildan buyon o'tkazilgan 29 bahsning faqat 14 tasida maydonga tushgan bo'lsa ham "Ayntraxt"ning to'purar futbolchisi bo'lib turibdi. Uning hisobida 9 ta gol bor. Murabbiy nega shunday iqtidorni maydonga tez-tez tushirmayotgan ekan…



Ushbu turda bir qator natijalar va rekordlar yangilanishi mumkin:  
• Turnir jadvalida etakchilik qilayotgan "Bavariya" 19-turga kelib o'zining eng yaqin taqibchisidan 13 ochkoga ilgarilab ketdi. Bunday voqea shu paytga qadar bundesliga tarixida qayd etailmagan edi.  
• 19-turda yangilanishi mumkin bo'lgan rekordlardan yana biri Myunxen super-klubi bilan bog'liq. Gap shundaki, "Bavariya" 43 o'yindan buyon mag'lubiyatga uchramay kelmoqda. Bundesligadagi o'yinlarda  mag'lubiyatsiz seriyani bu qadar uzoq davom ettirish hech bir jamoaga nasib etgan emas edi. Gvardiola ustozlik qilayotgan klub bu natijani yanada yaxshilab olish imkoniga ega.
• "SHalke"ning uy o'yinlarini o'tkazuvchi stadioni sanaladigan "Veltnis-Arena"da shu paytgacha 598 bor to'p kiritilgan. Agar bu turda jamoalar ikki ta gol urishni uddalashsa, yana bir nemis jamoasi bundesligada 600 lik dovonni oshib o'tgan bo'ladi.
• Leverkuzenning "Bayer" jamoasi yarim himoyachilari Gonsalo Kastro va Simon Rolfes o'zlarining bundesligadagi yubiley – 250 uchrashuvlarini o'tkazish arafasida turishdibdi. Ahamiyatga molik jihati shundaki, ikkala futbolchi ham bugungacha o'tkazgan 249 o'yinlarining barchasini "dorishunoslar" jamoasi tarkibida o'tkazishgan. Haqiqiy sadoqat shunday bo'lsa neajab, aziz muxlis…

Guvohi bo'lganingizdek, 19-tur uchrashuvlari ichida bir nechta muxlislar etiborida turgan bahslar mavjud. Ularda qayd etiladigan natijalar bilan siz – aziz muxlislarni keyinroq batafsil tanishtirib o'tamiz. Hozir esa barchani o'sha bellashuvlarni tomosha qilishga chorlab qolamiz.

Bundesligani ko'ring, bundesligaga muxlislik qiling! Aslo achinmaysiz!
 
Zoxirjon AKRAMXONOV
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика