Bulung'urdagi futbol uchun suniy qoplama chiqaradigan korxona mintaqada yagona deya tariflandi
17 dek 2013 22:33
Yangiliklar

Bulung'urdagi futbol uchun suniy qoplama chiqaradigan korxona mintaqada yagona deya tariflandi
Samarqand viloyatining Bulung'ur tumanida, mahalliylashtirish dasturi doirasida, sport maydonlari va maydonchalari uchun suniy qoplamalar, shuningdek, gilam mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Maroqand-sifat korxonasi ishga tushdi.
Pravda Vostoka gazetasining 17 dekabr, seshanba sonida qayd etilishicha, bu korxona o'z yo'nalishida Markaziy Osiyoda yagona hisoblanadi. Gazeta xabarida korxona qachon ishga tushgani haqida berilmagan, biroq O'zAning 2013 yil apreldagi xabarida korxona mahsulotlari ko'rgazmaga qo'yilgani va tadbirkorlar etiboriga tushgani qayd etilgan.
Bulung'ur vino zavodining eski binosi o'rnida tashkil etilgan zavodga, bank krediti evaziga Germaniya, Angliya, Italiya, SHveycariya, Xitoy va Turkiyaning etakchi firmalari tomonidan ishlab chiqarilgan zarur texnologiyalar olib kelib, o'rnatilgan. Hozirgi vaqtda korxonada 80 kishi ishlamoqda, besh turdagi mahsulot ishlab chiqarilmoqda.
Korxona rahbari Orzu Azimovning so'zlariga ko'ra, ishlab chiqariladigan mahsulotning 70 foizi eksport qilinadi, yaqin vaqt ichida esa mahsulot turi 20tagacha ko'paytiriladi. Bu esa ish o'rinlari sonini 220tagacha ko'paytirish imkonini beradi. Xabar berishlaricha, korxona ishlab chiqarish uchun zarur xomashyoni hozircha xorijdan olib kelmoqda, biroq hozirda xomashyoni O'zbekistonning o'zida tayyorlash bo'yicha loyiha ustida ish olib borilmoqda.
Pravda Vostokaning qayd etishicha, Maroqand-sifat tomonidan ishlab chiqarilgan suniy qoplamalarga sport jamoatchiligi va ishbilarmonlar tomonidan talab katta bo'lmoqda. Mahsulot 6 yildan 15 yilgacha xizmat qilishi mumkin. Korxona o'z mahsulotini turli ranglarda ishlab chiqarishi mumkinligi ham qayd etilgan.
Avvalroq, 2015 yil oxirigacha Jizzax maxsus industrial zonasida sport inshootlari uchun suniy maysa va qoplamalarni ishlab chiqaruvchi korxonani ishga tushirish rejalashtirilayotgani xabar qilingan edi.

Fikrlar