Bugun “Zomin” jamoasi “Dinamo”ga qarshi o'rtoqlik o'yinini o'tkazadi
18 iyu 2020 15:35
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/575045_original.jpg)
![](/upload/storage/575045_220.jpg)
Bugun “Zomin” jamoasi “Dinamo”ga qarshi o'rtoqlik o'yinini o'tkazadi
Avval xabar berib o'tkanimizdek, PRO-Liga ishtirokchisi “Zomin” jamoasi O'zbekiston Kubogi saralash o'yinlarida ishtirok etadi.
O'zbekiston Kubogi saralash o'yinlariga tayyorgarlik ko'rayotgan "Zomin" dastlabki o'rtoqlik o'yinini Samarqand shaxrida PRO-Liga ishtirokchisi “Dinamo” jamoasiga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv “Dinamo” o'yingohida soat 17-30da boshlanadi. Bugungi uchrashuv ikkala jamoa murabbiylari uchun futbolchilarni asosiy tarkibga saralab olish uchun xizmat qiladi.
Eslatib o'tamiz, "Zomin" kubok saralash bahslarida safarda Toshkent shahrining “Oq-tepa” jamoasiga qarshi o'ynaydi. Bu uchrashuv 23 iyun kuni bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar