Bugun yoshlarimizning (U-19) o'rtoqlik o'yini bor
22 apr 2014 15:47
Yangiliklar
Bugun yoshlarimizning (U-19) o'rtoqlik o'yini bor
20 apreldan Toshkentda yangi o'quv-yig'in mashg'ulotini boshlagan O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi bugun o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
Bizga malum bo'lishicha, terma jamoaning yangi ustozi Sergey Lushan navbatdagi yig'inga 25 nafarga yaqin futbolchini jalb qilgan.
Bugungi o'rtoqlik o'yini “Jar” stadionida “Bunyodkor” o'rinbosarlariga qarshi o'tkaziladi. Uchrashuv soat 17:00da boshlanadi. Eslatib o'tamiz, 1995 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat yoshlar terma jamoamiz shu yilning kuzida Myanma davlatida bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatida ishtirok etadi.
Terma jamoalar markazi rahbari Asqar Tolibjonovning malum qilishicha, bu yoshdagi jamoa oldiga Osiyo birinchiligida kuchli to'rtlikka kirib, jahon chempionatiga yo'l olish vazifasi qo'yilgan.

Fikrlar