So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  0 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Bugun Vali Sultonovning tug'ilgan kuni Yangiliklar

Bugun Vali Sultonovning tug'ilgan kuni

Teglar :  Vali SultonovXorazm
Respublikamiz futbol ahli urganchlik Vali Sultonovni yaxshi biladi.

U futbolchilik  davrida “Jayhun”, “Quruvchi”(Urganch, 1989-91 yillar), “So'g'diyona”(Jizzax, 1992), “Sitora”(Buxoro, 1993), “Turon”(Doshhovuz, Turkmaniston, 1994 yilning birinchi yarmi), “Dinamo”, “Xorazm”, “Jayhun”, “Xorazm-2003”(Urganch, 1994-98, 2000-2004 yillar), “Xiva”(Xiva, 1999) jamoalarida to'p surgan. 1992 yili “So'g'diyona” jamoasi safida O'zbekiston milliy chempionatining bronza medali sohibi bo'lgan.

Murabbiylik faoliyatida oliy va birinchi ligalarda qator yillar “Xorazm”(Urganch), “Hazorasp”(Hazorasp) jamoalariga ustozlik qilgan. Uning bosh murabbiyligida Xorazm viloyati terma jamoasi  “Umid nihollari-2003” sport musobaqasining futbol turnirida g'olib chiqqan. Qolaversa, 2010 yili “Xorazm” jamoasining O'zbekiston professional futbol ligasi kubogini qo'lga kiritishiga ulush qo'shgan. Ayni damda, uning ko'plab shogirdlari yashil maydonda to'p surmoqda. O'zi ham “Xorazm” faxriylar jamoasining etakchi futbolchilaridan biri sanaladi.

Hozirda  V. Sultonov  Urganch shahridagi Sport o'yinlari va engil atletikaga ixtisoslashgan bolalar-o'smirlar sport maktabida metodist vazifasini bajarishi barobarida, BO'SMning “Yoshlik” jamoasi  yosh futbolchilarini etuklik sari etaklayapti, o'zining ko'p yillik tajribasini sidqidildan o'rgatmoqda. Albatta, uning say-harakatlari besamar qolmayapti. “Yoshlik” jamoasi 2016 yilgi Xorazm viloyati birinchiligi(2-liga) g'olibligini qo'ga kiritdi. Joriy yil boshida esa Xorazm viloyati hokimi kubogi sohibiga aylandi. Mubolag'a emas, Vali Sultonovning kelgusida umidlari katta.

Bugun Xorazm viloyati  futboli tarixidan munosib o'rin olgan Vali Sultonovning tug'ilgan kuni. Tinib-tinchimas xorazmlik bu murabbiy  o'zining qutlug' 46 yoshini qarshi olyapti. Fursatdan foydalanib, unga sihat-salomatlik, baxt saodat va omad, futbolimiz rivoji yo'lidagi ishlariga baraka tilaymiz.

Ikrom  XUDOYBERGANOV,

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика