Bugun Turkmaniston klubi OFK kubogini qo'lga kiritishi mumkin
27 okt 2018 14:19
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/459885_original.jpg)
![](/upload/storage/459885_220.jpg)
Bugun Turkmaniston klubi OFK kubogini qo'lga kiritishi mumkin
Unda Iroqning "Eyr Fors Klub" va Turkmanistonning "Oltin Asr" klublari to'qnash kelishadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.
Malumot uchun, "Eyr Fors" oxirgi ikki yil OFK kubogini hech kimga bermay kelmoqda. 2016 yil jamoa finalda Hindistonning "Bengaluru", 2017 yil Tojikistonning "Istiqlol" klubini mag'lub etgandi. Agar Iroq klubi bu safar ham g'olib bo'lsa "Al Quvayt"ning rekordini takrorlaydi. Ushbu klub ham uch marta OFK kubogini qo'lga kiritgan.
Turkmaniston klubi o'z tarixida ilk bor OFK kubogi finaliga chiqishga erishdi. Agar "Oltin Asr" finalda zafar quchsa OFK kubogini qo'lga kiritgan ikkinchi Markaziy Osiyo klubiga aylanadi. 2011 yil O'zbekistonning "Nasaf" klubi musobaqada chempion bo'lgandi.
OFK kubogi-2018. FINAL. 27 oktyabr 2018 yil.
Basra, Iroq. "Sport City Stadium" stadioni. 21:00 (Toshkent vaqti)
"Eyr Fors Klub" (Iroq) - "Oltin Asr" (Turkmaniston)
Bosh hakam: Abdulrahmon Ibrohim Al Jassim (Qatar)
Qanot hakamlari: Tolib Salim Al Marri, Saud Ahmad Al Makalex (ikkisi Qatar)
Zaxira hakami: Hamis Muhammad Al Marri (Qatar)
Nazoratchi: Pereyra Valter Edvard (Hindiston)
Komissar: Talal Mahd Ali Al Svailmeyn (Iordaniya)
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar