So’nggi yangiliklar

18:24U-23 Осиё кубоги. Финални икки киши шарҳлайди  1 18:17МЮ "Кристал Пэлас" вингери учун курашда етакчилик қилмоқда  0 17:40"Реал" хавбеки Испания чемпионатининг навбатдаги ўйинини ўтказиб юбориши мумкин  1 17:00"Милан" Жирудан кейин яна бир футболчисини текинга қўлдан чиқариши мумкин  1 16:39"Бавария" Зидан Мюнхенда муваффақиятга эриша олишига шубҳа қилмоқда  3 16:15Люка Эрнандес Евро-2024ни ўтказиб юборади  3 15:51Юрген Клопп Муҳаммад Салаҳ билан тортишиб қолгани ҳақида: "Биз гаплашиб олдик, барчаси ҳал"  5 15:32Куртуа мавсумнинг муҳим учрашувларида "Реал"га ёрдам бериши мумкин  1 15:05Тимур Кападзеда иккинчи финал. Бу Ўзбекистон терма жамоаларининг нечaнчи финали?  30 14:46"Манчестер Юнайтед" тен Хагни ишдан бўшатишни режалаштирмаяпти  9 14:24"Ньюкасл" ҳимоячиси учун мавсум якунланди  1 14:00УЕФА сайтидаги муаммолар туфайли мухлислар Евро-2024га чипта сотиб ололмаяпти  3 13:28"Барселона"га Марко Верраттини сотиб олишни таклиф қилишди  3 13:00ЕЧЛ. Ҳафтанинг энг яхши футболчиси бўлишга даъвогарлар маълум  4 12:26"Эвертон" молиявий муаммолари туфайли Пикфордни сотишга мажбур  0

Bugun "Traktor"dan chiqqan "Buldozer" Nikolay SHirshov 45 yoshga to'ldi Yangiliklar

Bugun "Traktor"dan chiqqan "Buldozer" Nikolay SHirshov 45 yoshga to'ldi

Futbolchilar, murabbiylar, soha mutaxassislari, umuman o'zbek futboliga aloqador insonlarni tavallud ayyomi bilan qutlashda davom etamiz.

Bugun futbolimizda yorqin iz qoldira olgan mashhur chap qanot himoyachisi Nikolay SHirshov tavallud topgan kun. Sakkiz yil davomida "Paxtakor" sharafini himoya qilib, O'zbekiston chempioni va mamlakat kubogi sohibi bo'lgan SHirshov bugun 45 yoshini qarshi olmoqda. O'rta va keksa avlod vakillari haligacha himoyadan hujumga o'tishlarini shirin xotiralar bilan esga olishadi. U milliy terma jamoa tarkibida 63 ta o'yinda maydonga tushgan. 

22-raqamni mashhur qilgan Kolya 1974 yili Toshkent shahrida tavvalud topgan. Faoliyatini sobiq ittifoq ikkinchi ligasi vakili hisoblangan "Sverdlovec" (Toshkent viloyati) klubida boshlagan. 1992 yilning birinchi davrasini Toshkentning ''Traktor'' jamoasida o'tkazgan SHirshov himoyadagi ishonchli o'yini sabab ikkinchi davrada "Paxtakor"ga ko'chib o'tdi. Bugungi kun qahramoni 18 yoshida "xalq jamoasi" libosini kiyishga muvafaq bo'lgan. U 8 yil davomida "Paxtakor" safida jami 159 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 16 bor ishg'ol qilgan. Nikolay 2000 yilda jamoadoshi Andrey Akopyanc bilan birgali Rossiyaning ''Rostelmash'' (hozirgi "Rostov") klubiga ko'chib o'tdi. Har ikki futbolchimiz ham rostovliklar safida yo'qolib qolishmadi. Aksincha, qisqa fursatda klubning asosiy futbolchilariga aylanishdi. 

Himoyadagi ishonchli o'yini, qanot bo'ylab hujumni keskinlashtirishi terma jamoa murabbiylari etiborini o'ziga tortdi. Marhum murabiy Bahodir Ibrohimov uni 1996 yilgi Osiyo kubogiga olib bordi. BAA maydonlarida bo'lib o'tgan musobaqa O'zbekiston uchun dastlabkisi edi. SHirshov amirliklarga qarshi o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvida terma jamoadagi debyutini nishonladi. Lekin qita chempionatining o'zi terma jamoamiz uchun omadsiz yakunlandi. Garchi guruhning ilk uchrashuvida Xitoy mag'lub etilgan bo'lsa-da, keyin Yaponiya va Suriyaga imkoniyat boy berildi. 

JCH-2002 saralash bosqichidan o'rin olgan Xitoyga qarshi uchrashuv ko'pchilikning yodida bo'lsa kerak. CHin yurti jamoasiga qarshi saralashdagi so'nggi o'yin bizni pley-offga olib chiqishi mumkin edi. Buning uchun termamiz bu bahsda g'alaba qozonishi, guruhdagi boshqa raqiblarimiz hisoblangan BAA - Ummon bahsida mehmonlarning qo'li baland kelishi kerak edi. Uchrashuvning so'nggi daqiqalari o'tib borayotganda, SHirshov xitoyliklar darvozasini uzoq masofadan ishg'ol qildi va bu quvonchini muxlislar bilan birga baham ko'rdi. Xursandchilikning sababi esa satadionda BAA - Ummon bahsida mehmonlarning qo'li baland kelgani haqida noto'g'ri malumot ketgani sabab bo'lgan edi. Keyinchalik esa, g'alaba qozonganimizga qaramay pley-offga ilina olmaganimiz oydinlashgandi. Nikolayning termadagi so'nggi o'yini 2005 yili Quvaytga qarshi Toshkentdagi uchrashuviga to'g'ri keladi. O'yinda irodali g'alabaga o'zining munosib xissasini qo'shgan himoyachimiz jarohat olib, Bahraynga qarshi pley-offdagi olamshumul o'yinlarni o'tkazib yuborgan edi.

SHirshov futbolchilik faoliyatining so'nggi qismida Rossiya quyi divizionlarida qatnashuvchi "Bataysk-2007", "Taganrog", MITOS klublari safida to'p tepdi. Mana bir necha yildirki, u Rossiyaning Taganrog shahrida istiqomat qilib kelyapti. 

BIZNING MA'LUMOT

Nikolay Vladimirovich SHirshov

Tug'ilgan sanasi: 22 iyun 1974 yil

Tug'ilgan joyi: Toshkent, O'zbekiston

Ampluasi: chap qanot himoyachisi


Yutuqlari

O'zbekiston chempioni - 1992, 1998

O'zbekiston kubogi sohibi - 1993, 1997

SHirshov faoliyatiga doir qiziqarli faktlar:

SHirshov terma jamoa tarkibida 63 ta uchrashuvning 41 tasida to'liq o'ynagan. Maydonda jami 4818 daqiqa harakat qilgan. 

Terma jamoadagi debyutini 1996 yilning 19 noyabr kuni BAAga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida o'tkazgan. O'sha kuni uchrashuv tugashiga 20 daqiqa qolganida Eduard Mamotov o'rniga maydonga tushgan. Uchrashuvda vakillarimiz 2:4 hisobida mag'lub bo'lishgan. 

Terma jamoa safidagi 63 ta o'yinda 16 ta sariq kartochka olgan. Biron marta maydondan chetlatilmagan. SHirshov o'zining ilk sariq kartochkasini JCH-1998 saralashi doirasidagi Yamanga qarshi bahsda olgan. 1997 yil 9 may kuni Sana shahrida bo'lib o'tgan o'yin O'zbekiston uchun Jahon chempionati saralashlari doirasidagi dastlabki uchrashuv bo'lib tarixda qolgan.

Aynan o'sha saralash doirasidagi Kambodjaga qarshi qarshi kechgan o'yinda SHirshov terma jamoa safidagi ilk golini urishga muvaffaq bo'lgan. Nikolayning terma jamoadagi ilk va so'nggi goli orasidagi farq 6 yilni tashkil etgan. So'nggi gol 2003 yilning 19 noyabr kuni Osiyo Kubogi-2004 saralashi doirasida Gonkong darvozasiga urilgan. 

Nikolay SHirshov o'zining soch turmagi bilan ham mashhur bo'lgan. Aynan unga taqlid qilib, soch o'stirgan muxlislar ham kam bo'lmagan.  

Fursatdan foydalanib, saytimiz xodimlari va o'quvchilari nomidan Nikolay SHirshovni bugungi unutilmas kuni - tavallud ayyomi bilan muborakbod etamiz. 

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика