So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  4 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  2 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  4 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  1 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

Bugun Toshkent derbisi. "Paxtakor" - "Lokomotiv" Yangiliklar

Bugun Toshkent derbisi. "Paxtakor" - "Lokomotiv"

Bugun Superliganing 12-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Lokomotiv" bahsi bo'lib o'tadi.

Bu o'yinga ortiqcha tarif berish shart emas. CHunki oxirgi yillarda "Paxtakor" va "Loko" o'rtasidagi bahs qaerda kechmasin, markaziy tusini olib bo'ldi. Albatta, o'tgan yilgi natijalar "Lokomotiv" uchun yaxshi bo'lmagandi. Xususan birinchi davradagi 0:7 hisobidagi mag'lubiyat juda yirik bo'lgandi. Ikkinchi davrada esa "temiryo'lchilar" ancha mazmunli o'yin ko'rsatib, 0:1 hisobida imkoniyatni boy berishgan. 

Bu yilgi chempionatda "Paxtakor" hozircha turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Piter Xyuistra shogirdlari o'tkazilgan 11ta bahsning 9tasida g'alaba qozonib, ikki bor durang o'ynashdi. "Paxtakor" hozircha mag'lubiyatga uchragani yo'q. To'plar nisbati 23-5. 

"Lokomotiiv" esa 11 o'yinda 15 ochko to'plagan holda 4 g'alaba, 3 durang va 4 mag'lubiyat bilan 8-o'rinni egallab turibdi. To'plar nisbati 15-14. 

Bu "Paxtakor"ning o'z maydonidagi 6-o'yini bo'ladi. Bungacha bo'lib o'tgan beshta uchrashuvda "sherlar" to'rt bor g'alaba qozonib, bir marta durang qayd etishdi. "Paxtakor" uydagi bahslarda "Mashal" (3:0), "Metallurg" (2:1), "Andijon" (1:0) va "Qo'qon-1912" (3:0) jamoalarini mag'lub etib, "So'g'diyona" (0:0) bilan durang qayd etdi. Uydagi bellashuvlarda "Paxtakor" faqat bitta gol o'tkazgan.

"Lokomotiv" esa bugun safarda 7-uchrashuvini o'tkazadi. Hozirgacha safarda o'tkazilgan o'yinlarda "Loko" uch bor g'alabaga erishib, ikki marta durang qayd etdi va bir bor mag'lub bo'ldi. Safarda to'plar nisbati 14-4. Oxirgi uchta uchrashuvni yodga oladigan bo'lsak, "temiryo'lchilar" mehmonda "Mashal"ni 4:1 va "Andijon"ni 2:1 hisobida engib, "So'g'diyona" bilan 0:0 o'ynashdi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика