Bugun soat 16:00da "Oliy liga BML - 2014" bilimdonlar musobaqasi start oladi

Narzulla Saydullayev
6 noya 2014, 11:40
Savollar soni 5ta bo'lib, har 10 daqiqada beriladi. Savollar to'liqligicha oliy ligaga bag'ishlanadi.
Savollar quyidagi yo'nalishlarda beriladi:
1. Tarix 1992 - 2002
2. Tarix 2002 - 2012
3. So'nggi ikki yil (2013-14)
4. Futbolchiga oid xarakteristika
5. Foto savol

BML haftaning har payshanba kunlari soat 16:00da o'tkazilinadi. 10ta tur yakuniga ko'ra g'olib futbolchilarning dastxati tushirilgan to'p bilan rag'batlantiriladi.

JCH BMLda g'olib bo'lgan "Eldarado" nikidagi o'quvchimiz g'olib uchun atalgan Braziliya terma jamoasining original futbolkasini "K.K26" akciyasi uchun aukcionga qo'yishini ma'lum qildi. Aukcion 29 noyabr kuni bo'lib o'tadigan tadbirda tashkil etiladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia