So’nggi yangiliklar

01:41Илёс Зейтуллаев: "Женнифер Лопес ва шунча одамни майдондан ҳайдай олмайман-ку"  2 01:11Элдор Мойлиев: "Биз ҳам "Бунёдкор" ҳам ғалаба қозониб кетиши мумкин эди"  0 00:51Энди Жексон "Челси"га керак эмас  2 00:28Акмал Рустамов: "Ўйлайманки, биз ўйиндан ўйинга кучайиб борамиз"  0 00:16"Манчестер Юнайтед" клуби қайта тамирланган Каррингтон базасини намойиш этди  0 23:57Улуғбек Бакаев: "Агар дуранг бўлганида адолатли бўларди"  4 23:31"Пахтакор"ни чемпионлик курашидан чиқаришга ҳали эрта" — Азамат Абдураимов билан иккинчи давра старти таҳлили   2 23:16Суперлига. Қизил карточка кўрсатилган ўйинда "Бунёдкор" "Шўртан"ни мағлуб эта олмади  9 22:57Шоҳруз Норхонов: "Жамоамга ғалаба келтирганимдан хурсандман"  0 22:44Февзи Давлетов: "Жанговар дуранг бўлди"  0 22:18Ҳаким Фузайлов: "Футболчиларимизга озгина дадиллик етишмади"  1 22:05Суперлига. "Қизилқум" "Бухоро"ни мағлуб этди, Норхонов собиқ жамоасига гол урди  13 21:53"Челси" сўнгги марта 1 ярим йил олдин гол урган ҳужумчисини сотиб юборди  2 21:34Душан Тадич БАА жамоасига ўтди  0 21:03Суперлига. Олмалиқда кечган "Хоразм" – "Сурхон" учрашувида жанговар дуранг  15

Bugun SHomurodovning o'rnida kimni ko'ramiz? Yangiliklar

Bugun SHomurodovning o'rnida kimni ko'ramiz?

O'zbekiston terma jamoasi bugun Osiyo Kubogidagi yurishini boshlaydi. Tarkibimizda yo'qotishlar haqida malum qilganmiz.
Eldor SHomurodovning jarohati Katanec va terma jamoaning bo'lajak rejalariga istaymizmi yoki yo'q tasir qiladi.

SHomurodov muhim figura, terma jamoani o'yini bevosita uning atrofida qurilgan. U nafaqat sof hujumchi bo'lish bilan birga o'yin davomida funkciyasini o'zgartirishi, qanotlarda, hujumchi ortida, erkin futbolchi sifatida o'zi bilan bir nechta futbolchini olib yuradi. Tabiiyki, Eldordagi bu hislat muhim faktor hisoblanadi. Xo'sh, uning o'rniga asosiy tarkibda kim maydonga tushadi?

Asosiy nomzod Oston O'runov - Ostonning individual sifatlari, borgan sari Katanecning muhim figurasiga aylanib borayotgani bunga sabab, deb o'ylayman. Jismonan baquvvat, yaxshi texnikaga ega va hujumni yakunlash xususiyatiga ega. Oston hujumchi bo'lmasada bu yil barcha musobaqalarda aksariyat hujumchilardan ko'p to'p kiritdi, 10dan oshiq gol urdi. Yuqorida aytganimdek, O'mon bilan o'yinda Oston chizig'iga joylashdi. Osiyo kubogining ilk o'yinida ham O'mon bilan uchrashuvdagi taktik-uslubni ko'rsak ajablanmayman. Oston milliy terma jamoada birinchi, asosiy plan futbolchisi. Uni zaxirada qoldirib, "B" plan uchun saqlab qo'yishdan foyda yo'q.

Oston O'runovning asosiy tarkibda SHomurodovning o'rnida maydonga tushish ehtimoli: 70/30

Igor Sergeev  - O'zbekiston terma jamoasi istalgan raqib bilan 3ta markaziy himoyachi taktikasidan voz kechmasligini bilaman. Sergeev va Abdixoliqov ikkinchi bo'limda bitta himoyachining o'rniga maydonga tushib, o'yinni kuchaytiradigan vosita sifatida xizmat qilishi mumkin. Igor sof to'qqizlik hujumchisi va u faqat jarima maydonchasi ichidagina foyda keltira oladi. Kuchli tomoni ham shunda.  Qanotlarda, yarim himoyada katta samara bermaydi. Ikkinchi bo'limda yarim himoyachilar, vingerlarning faolligi hisobiga bizda vaziyatlar ko'payadi va bunda gol uradigan yaqqol hujumchiga ehtiyoj seziladi. Igor esa "sehrli tayoqcha" rolida paydo bo'lishini kutmoqdaman. Igor 2015 yil Avstraliyadagi Osiyo kubogida qatnashgan va ilk o'yinda KXDR darvozasiga g'alaba golini urgandi. Unda yana bir bor shunday imkoniyat bor.

Asosiy tarkibda tushish ehtimoli: 40/60


Bobir Abdixoliqov - Katanec Bobir Abdixoliqovga faqat Meksikaga qarshi o'yindagina asosiy tarkibda imkoniyat berdi va u gol urdi. Abdixoliqovda tezlik, texnika, to'p bilan harakat qilish, ochiq zonalarda ochilish sifatlari bor.  Aynan shuning evaziga Katanec 3ta uchrashuvning birida Bobirni asosiy tarkibda maydonga tushirishi mumkin. Katanecning uslubida individual tomondan kuchli ijrochilar muhim rol o'ynaydi. Agarda Oston hujumchi vazifasini zimmasiga olsa, Bobir va Igor "B" plan qurollari bo'lishadi. Bobirda kichik imkoniyatdan ham foydalanib ketish sifatlari bor. Imkoniyat berilsa, uyaltirib qo'ymaydi, deb o'ylayman. 

Asosiy tarkibda tushish ehtimoli: 40/60


Aziz Amonov - Futbolchi o'tgan mavsum "Nasaf" tarkibida yorqin o'yinlar o'tkazdi. 26ta o'yinda 4ta gol, 3ta assist qayd etdi. OCHLda ham o'zini ko'rsatdi. Klub fonida ko'rsatkichlari ajoyib.  Lekin mavsum davomida terma jamoa miqyosida Katanecning rejalariga kiritilgani yo'q. Katanec so'nggi variant sifatida Amonovdan foydalanishi mumkin. Amonovda jarima maydonchasi ichida tezkor qaror qabul qilish, to'p bilan yaxshi muomala qilish sifatlari yaxshi shakllangan. 

Asosiy tarkibda tushish ehtimoli: 40/60


Maydonga kim tushgan taqdirda ham terma jamoamizga omad tilab qolamiz. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика