Bugun "Qashqadaryo viloyati hokimi kubogi" musobaqasi start oladi
02 fev 2021 10:00
Yangiliklar


Bugun "Qashqadaryo viloyati hokimi kubogi" musobaqasi start oladi
2021 yilning 2 fevraldan 8 fevralgacha belgilangan bir haftalik qiziqarli musobaqa Qashqadaryo viloyat futbol associaciyasining taqvim rejasiga asosan, Superliga, PRO-Liga, birinchi va ikkinchi liga jamoalari o'rtasida bo'lib o'tadi. Jamoalar musobaqada “A” - “Neftchi” (Jarqo'rg'on), “Koson” (Koson), “Jomboy” (Jomboy), “Nasaf U-18” (Qarshi), “Qashqadaryo” (Qashqadaryo v.) va “V” - “SHo'rtan” (G'uzor), “Mehnatchi” (Qarshi), “AZD” (Qarshi), “Mikrokreditbank” (Toshkent), “Zirabuloq” (Narpay) guruhlarida kurash olib borishadi. Uchrashuvlar Qarshi shahrining “Nasaf” futbol maktabi hamda G'uzor shahrining “SHo'rtan” futbol akademiyasi suniy qoplamali futbol maydonlarida bo'lib o'tadi.
“SHo'rtan” jamoasi mazkur musobaqadagi birinchi uchrashuvida Qarshi shaxrining “Mehnatchi” jamoasi bilan kuch sinashadi.
Ushbu uchrashuv 2021 yil 3 fevral kuni G'uzor shahrining “Akademiya” suniy qoplamali maydonida soat 11:00 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar