

Terma jamoamiz Belarus chempioni Soligorskning "Shaxtyor" klubi bilan to'qnash keladi. Mazkur bahs Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi. Ma'lumot uchun, "Shaxtyor" safida o'zbekistonlik Shahzod Ubaydullaev faoliyat olib bormoqda.
Eslatib o'tamiz, 12 fevral kuni terma jamoamiz "Zenit" bilan nazorat uchrashuvi o'tkazib 0:4 hisobida mag'lub bo'lgandi. 15 fevralda esa Iordaniya terma jamoasi 2:0 hisobida taslim etilgandi.



