Bugun O'zbekiston JCH saralashlaridagi 80-uchrashuvda maydonga tushadi
17 noy 2015 18:41
Yangiliklar
Bugun O'zbekiston JCH saralashlaridagi 80-uchrashuvda maydonga tushadi
Bu o'yin O'zbekiston uchun Jahon chempionati saralashlari doirasidagi 80-uchrashuv bo'lib tarixga kiradi.
Hozirga qadar bo'lib o'tgan 79ta o'yinda vakillarimiz 40 marta g'alabaga erishishgan. 17ta uchrashuvda durang qayd etilgan va 22 bor raqiblarga imkoniyat boy berilgan. 152ta gol urilgan va 87ta gol o'tkazib yuborilgan.
Bugunga qadar O'zbekiston terma jamoasi JCH saralashlarida jami 26ta terma jamoaga qarshi maydonga tushgan. Ular orasida Janubiy Koreya, Yaponiya va Qatarga qarshi eng ko'p (6tadan) o'yin o'tkazilgan.
Malumot uchun, O'zbekiston terma jamoasi Jahon chempionati saralashidagi ilk o'yinni 1997 yil aynan Yaman terma jamoasiga qarshi safarda o'tkazgan edi. O'shanda jamoamiz No'mon Hasanovning penaltidan urgan goli evaziga g'alaba qozongandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Арсенал" - "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум
ЛА ЛИГА. "Барселона" ва "Овьедо" баҳси учун таркиблар маълум
Саудиянинг "Ал-Аҳли" клуби Винисиус Жуниорга 1 миллиард евро миқдорида шартнома таклиф қилмоқчи
2024/2025 йилги мавсумнинг энг сердаромад 20 та футбол клуби эълон қилинди
Fikrlar