Bugun: "Lokomotiv" - "Buxoro" va "Qo'qon-1912" - "Nasaf" to'qnashuvlari
28 iyu 2017 08:18
Yangiliklar
Bugun: "Lokomotiv" - "Buxoro" va "Qo'qon-1912" - "Nasaf" to'qnashuvlari
Qo'qonda mahalliy Qarshida yirik hisobda taslim etilgan No'mon Hasanov jamoasi "Nasaf"ni qabul qiladigan bo'lsa, Toshkentdagi "Lokomotiv" stadionida "temiryo'lchilar" yarim final chiptasi uchun "Buxoro" bilan kuch sinashishadi.
Aynan mana shu ikki bellashuv g'oliblari yakunda yarim finalda o'zaro duch kelishadi.
"Qo'qon-1912" jamoasi "kambek" ko'rsata oladimi? "Buxoro" esa Toshkentda yarim final masalasini hal etadimi? Bu kabi savollarga bugungi o'yinlardan so'ng javob olamiz.
Kecha esa "Bunyodkor" "Neftchi" ikkinchi bahsda ham "Neftchi"ni mag'lub etdi va yarim final masalasini birinchi bo'lib hal etgan "Dinamo" bilan to'qnashadigan bo'ldi.
Bugun esa ikkinchi yarim final juftligi malum bo'ladi.
O'zbekiston kubogi, chorak final.
Javob uchrashuvlari.
28 iyul (juma)
Lokomotiv (Toshkent) – Buxoro (Buxoro)
Hakamlar: Z. Qodirov (Navoiy), A. Capenko (Toshkent vil.), R. SHoyaxmetov (Toshkent), A. Ergashev (Toshkent)
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).
Boshlanish vaqti: 19.30
Birinchi o'yin: 0:0
Qo'qon-1912 (Qo'qon) – Nasaf (Karshi)
Hakamlar: V. Serazetdinov (Toshkent), A. Usmonov (Toshkent), T. Gaynulin (Toshkent), A. Rahimov (Andijon)
Nazoratchi: A. Xotamov (Toshkent).
Boshlanish vaqti: 18.00
Birinchi o'yin: 1:4O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar