So’nggi yangiliklar

18:06Ислом Тўхтахўжаев: “Ҳар қандай футболчига бундай ишқибозлар қаршисида ўйнаш ёқимли”  1 17:52Ханси Флик: "Мбаппе - энг зўр ҳужумчи, лекин биз ўзимизга ишонамиз"  0 17:17Футзал. Олий лига пешқадамида бош мураббий ўзгарди  0 16:58Мбаппе класикода ўйнайдими? Алонсо жавоб берди  1 16:37"Арсенал" "Реал" ҳужумчиси учун 80 миллион евро тўламоқчи  3 16:12Ханси Флик: "Қасос олиш ҳақидаги гаплар менга ёқмаяпти"  2 15:51Хаби Алонсо: "Ғалабага тайёрланяпмиз"  3 15:10Аденис Шала: "Ўзбек футболи Македония ва Косовога нисбатан анча устун. Канте мени ниҳоятда ҳайратда қолдирди"   1 14:59Ибрагимович "Аякс"га ўтишга яқин  1 14:28Депай ёзда эркин агентга айланиши мумкин  0 14:01"Челси" Беллингемни нишонга олди. "Реал" бунга муносабатини билдирди  8 13:37ПСЖ хавбеки Туркияга йўл олиши мумкин  1 13:14“Челси” футболчиси Лондоннинг бошқа бир клубига ўтиши мумкин  3 12:58Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  46 12:55"Манчестер Сити" "Болонья" ҳимоячисини нишонга олди  0

Bugun futbol. "So'g'diyona" - "Paxtakor" Yangiliklar

Bugun futbol. "So'g'diyona" - "Paxtakor"

Bugun oliy liganing 27-turidan o'rin olgan uchta bahs o'tkaziladi. Jizzaxning "So'g'diyona" klubi o'z maydonida "Paxtakor"ni qabul qiladi.

Jamoalar oldida turgan vazifa ikki xil: "Paxtakor" ikkinichi o'rin uchun kurash olib borayotgan bo'lsa, "So'g'diyona" oliy ligada qolish uchun harakat qilmoqda. Kelasi yil oliy ligada 12ta klub qolishini hisobga olsak, hozirda "So'g'diyona"ni 11-o'rindagi "Qizilqum" bilan atigi ikki ochko ajratib turibdi va bundan ko'p vahima yasamasa ham bo'ladi. 

"Paxtakor"ga kelsak, bu jamoa ikkinchi davrada qattiq start oldi. Jamoa Kubokdan chiqib ketgach, Osiyo chempionlar ligasida o'ynash uchun oldinda faqat bitta yo'l qolgan: chempionatni ikkinchi o'rinda tugatish. SHu bois "Paxtakor" uchun har bir bahs muhim. Ajablanarlisi shundaki, "Paxtakor" ketma-ket uch uchrashuvda g'alaba qozongan bo'lsa-da, har uchala o'yinidan keyin hakamlar bilan bog'liq gap-so'zlar yuzaga keldi. 

Bilasizmi? "So'g'diyona" ikkinchi davrada faqat ikki bor g'alaba qozongan. Jamoa Toshkentda "Obod"ni va o'z maydonida "Metallurg"ni mag'lub etgan. SHunday bo'ldiki, "So'g'diyona" qatorasiga to'rt uchrashuvda durang qayd etdi. Jamoa o'tgan turda G'uzorga borib, 1:3 hisobida mag'lub bo'lib qaytdi. 

Fakt: SHota Arveladze boshchiligidagi "Paxtakor" ikkinchi davrada atigi bitta uchrashuvda mag'lub bo'ldi. Bu hodisa safarda "Navbahor"ga qarshi bahsda ro'y berdi. Bungacha jamoa ketma-ket to'rt o'yinda g'olib chiqqandi. 

O'yinni kim boshqaradi? Bu uchrashuvni Temur To'xtasinov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqaradi. Andijonlik hakam ikkinchi bor "So'g'diyona" va "Paxtakor" ishtirokidagi o'yinda ishlaydi. 

Bu To'xtasinovning Jizzaxga ikkinchi safari bo'ladi. Birinchisida "So'g'diyona" o'z maydonida "Loko"dan mag'lubiyatga uchragandi. Bundan tashqari, To'xtasinov "Paxtakor"ning safardagi bahsida ilk marta ishlaydi. U Toshkentda bo'lib o'tgan "Paxtakor" - "Mashal" o'yinini boshqargan.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика