So’nggi yangiliklar

20:33"Реал" сардори жароҳатидан қутилди ва майдонга қайтишга тайёр  1 20:00Суперлига. ОКМК - "Сурхон" 0:1 (матнли трансляция)  32 19:50"Реал" трансфер мақсадларининг биридан воз кечди  3 19:21"Ювентус" юлдуз ҳужумчиси учун бор-йўғи 20 млн сўрамоқда  5 18:44"Реал" Клублар ўртасидаги ЖЧдан кейин яна бир ҳимоячи билан шартнома имзолайди  2 18:18Лопетегининг сўровига биноан Ал Хайдос Қатар терма жамоасига чақирилди  7 17:45"Навбаҳор" футболчиси Беларусга йўл олмоқда  14 17:23Ўзбекистон Кубоги 1/8 финал босқичи ўйинларида ишловчи расмийлар билан танишинг  2 17:02"Динамо" ҳамда "Нефтчи" ўртасидаги қолдирилган баҳсга ҳакамлар тайинланди  4 16:41Қозоғистон футбол федерацияси президенти Ўзбекистон билан ўйин ҳақида баёнот берди  18 16:18Игорь Шквирин Европа клубига ўтиши нега барбод бўлганини айтиб берди  15 16:11"Бунёдкор" "Сўғдиёна"ни ранжитган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:38"Рома" "Борнмут" аъзосини харид қилмоқчи  0 15:12GiveMeSport дунёнинг энг яхши футболчилари рейтингини эълон қилди  5 14:45Бундеслиганинг бир қанча клублари "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  1

Bugun futbol. "Qo'qon-1912" - "Buxoro" Yangiliklar

Bugun futbol. "Qo'qon-1912" - "Buxoro"

Teglar :  Qo'qon-1912Buxoro
Bugun oliy liganing 12-tur bahslariga start beriladi. Bugungi o'yinlar orasida markaziy bahs Qo'qon shahrida kechadi. Uchrashuv 18:00da boshlanadi.

18:00 - Qo'qon-1912 (Qo'qon) – Buxoro (Buxoro)
Hakamlar
: H. Ro'ziev (Toshkent), O. Abduvasilov (Toshkent), S. SHoyusupov (Toshkent), SH. Nasibullaev (Namangan)
Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).
O'zPFL vakili: B. Haydarov.


O'yindan nima kutyapmiz? Turnir jadvalida yonma-yon o'rinlarda borayotgan jamoalarning o'zaro qarama-qarshiligi.  "Qo'qon-1912" 20 ochko bilan uchinchi, "Buxoro" esa 17 ochko bilan to'rtinchi o'rinda bormoqda. Bugun nafaqat ikkala jamoa, balki yosh murabbiylarning ham o'zaro "to'qnashuviga" guvoh bo'lamiz. Mazkur bahsda kim g'alaba qozonishi haqida bir narsa deyish qiyin.

Fakt: "Qo'qon-1912" o'z maydonida faqat bitta uchrashuvda mag'lub bo'lgan. No'mon Hasanov shogirdlari 1-turda "Nasaf"ga yutqazib qo'yishgan. Keyingi o'yinlarda esa jamoa uch marta g'alaba qozonib, ikki bor durang o'ynagan. To'plar nisbati 9-5. Qo'qonliklar uy uchrashuvlarida 11 ochko to'plagan.

Bilasizmi? "Qo'qon-1912" oxirgi uchta o'yinni durang bilan yakunladi. Eng qizig'i, uchalasi ham 1:1. "Qo'qon-1912" "Paxtakor", "Navbahor" va "Lokomotiv" bilan kechgan bahslarda g'alabaga erisha olmadi, shuningdek mag'lub bo'lmadi ham.

Fakt: "Buxoro" safardagi ikkita bellashuvda g'alaba qozongan va olti ochkoni qo'lga kiritgan. To'plar nisbati 6-8. Bu jamoa safarda hali durang o'ynamagan, qolaversa uchta o'yinda mag'lub bo'lgan.

Bilasizmi? "Buxoro" oxirgi ikki o'yindan beri yuta olmayapti: bir durang va bir mag'lubiyat.  Ulug'bek Baqoev shogirdlari safarda "Paxtakor"ga imkoniyatni boy berib, uyda "Navbahor" bilan 3:3 o'ynashdi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика