So’nggi yangiliklar

14:18Англия терма жамоаси собиқ сардори маст ҳолда машина ҳайдаганликда айбланиб ҳибсга олинди  0 13:50Абрахам "Рома"дан "Бешиктош"га ўтади  0 13:25Факт: "Бунёдкор" 4 йилдан сўнг Тошкентда "Сўғдиёна"ни ютди   1 12:34Зоран Марушич "Динамо" билан ўйинда майдонга тушадими?  1 12:04Носир Абдусаломов: "0:2 ҳисобидаги мағлубиятдан чиқиб кетиш катта куч талаб қилар эди, голимни бобомга бағишладим"  2 11:44Марио Балотелли Париж мода ҳафталигида модел сифатида подиумга чиқди  6 11:18"Насаф" U-14 Португалиядаги мусобақада қатнашади  7 10:53Криштиану Роналду фаолиятини якунлаганидан кейин мураббий бўлиши ҳақидаги саволга жавоб берди  3 10:25Котрина Кулбите: "Мақсадимиз - Осиё Кубоги"  1 09:55Нилуфар Қудратова: "Ўйин биз истагандек бўлди"  0 09:28“Ал Насср“нинг ёзги биринчи рақамли трансфер мақсади маълум  3 09:01“Барселона“ ҳимоячиси жамоани тарк этиш ниятида эмаслигини маълум қилди  1 08:31“Сурхон“ дарвозабони иккинчи даврани Суперлиганинг ТОП клубида бошлаши мумкин  1 08:03Клублар ўртасидаги ЖЧни тарк этган Месси нималар деди?  16 07:35Суперлига. Бугун 14-тур якунланади  7

Bugun futbol. "Qizilqum" - "Lokomotiv" Yangiliklar

Bugun futbol. "Qizilqum" - "Lokomotiv"

Bugun Coca Cola Superligasining 21-turidan o'rin olgan uchrashuvlar davom ettiriladi.

Turnir jadvalida 37 ochko bilan ikkinchi o'rinda borayotgan "Lokomotiv" Navoiyda "Qizilqum" mehmoni bo'ladi. "Qizilqum" hisobida 18 ochko mavjud bo'lib, bu jamoa turnir jadvalida oxirgi o'rinni egallab turibdi. 

Bugungi bellashuv har ikki jamoa uchun muhim. Negaki "Loko" ikkinchi o'rinni saqlab qolish uchun kurashayotgan bo'lsa, "Qizilqum" xavfli zonani tark etish maqsadida bahs olib boradi. SHu bois ham bugun Navoiyda qiziqarli to'qnashuv kechishi kutilyapti. 

Ikkinchi davra boshlanganidan beri "Loko" safarda g'alaba qozongani yo'q. Jamoa oxirgi marta birinchi davraning 10-turida "Nasaf"ni 1:0 hisobida mag'lub etib qaytgan. SHundan beri "temiryo'lchilar" safarda beshta o'yin o'tkazib, ikki bor mag'lubiyatga uchrashdi va uch marta durang qayd etishdi. 

"Lokomotiv"ning oxirgi uch o'yini durang natija bilan yakun topdi. Uyda "Metallurg", safarda "Bunyodkor" va "Qo'qon-1912" jamoalari bilan 1:1 hisobi qayd etildi.

"Qizilqum"ga kelsak, bu jamoa ikkinchi davra startidan beri faqat ikkita bellashuvda zafar quchdi. Navoiyliklar ham oxirgi uchta o'yinda g'alaba qozona olishmadi. Jamoa "Surxon" va "Bunyodkor"ga imkoniyatni boy berib, o'z maydonida "Nasaf" bilan durang o'ynadi. 

Navoiyda kechgan oxirgi 5 uchrashuv

2018. "Qizilqum" - "Lokomotiv" 0:3

2017. "Qizilqum" - "Lokomotiv" 0:2

2016. "Qizilqum" - "Lokomotiv" 0:1 

2015. "Qizilqum" - "Lokomotiv" 0:2 

2014. "Qizilqum" - "Lokomotiv" 2:3

Navoiyda bo'lib o'tgan oxirgi beshta uchrashuvning hammasida "Lokomotiv" g'alaba bilan qaytgan. "Qizilqum" o'z maydonidagi oxirgi to'rt o'yindan beri "Loko"ga gol ura olmayapti. Bu mavsum birinchi davrada bo'lib o'tgan bahsda ham "Loko" g'alaba qozongan - 3:1.

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика