So’nggi yangiliklar

00:34Биринчи лига. Охтаевдан пента-трик, пешқадамлардан ғалабалар ва бошқа натижалар  0 00:19U-21 биринчилиги. "Пахтакор"дан 8:0, "Машъал"дан камбэк, пешқадам "Навбаҳор"дан ғалаба ва бошқа натижалар  0 23:55Вадим Абрамов: "Мен ВАРни тушунмаяпман"  8 23:45Иван Бошкович: "Биз охиригача курашадиган жамоамиз"  4 23:40Суперлига. "Шўртан" – "Навбаҳор" 3:3  0 23:21"Динамо" Танташевнинг Жиззахдаги қарорлари бўйича расмий эътироз киритди  19 23:11Дониёр Нарзуллаев: "Бироз омадимиз келмади. Голларимни фарзандларимга бағишлайман"  0 22:36Элдор Мойлиев: "Қийналиб тўп киритамиз, кейин эса оддий гол ўтказамиз"  3 22:11Сергей Лушчан: "Қўлни туширмасдан ишлашда давом этамиз, олдинда Кубок ўйини кутяпти"  9 22:06Суперлига. "Сўғдиёна" "Динамо"га қарши ўйинда 102-дақиқада урилган гол эвазига мағлубиятдан қутулиб қолди   104 21:38Суарес фаолиятини Месси билан бирга якунламоқчи  2 20:55Суперлига. Ғузорда дарвозаларга 6 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  71 20:47"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттиради  5 20:21"Нюкасл" 40 млн фунтга ҳужумчи сотиб олмоқчи  1 19:52Ёшлигидан пулга қизиққан Мемфис, 44 ёшни қаршилаган Сиссе ва бошқалар. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  2

Bugun futbol. "Neftchi" - "Lokomotiv" Yangiliklar

Bugun futbol. "Neftchi" - "Lokomotiv"

Bugun oliy liganing 18-turidan o'rin olgan oxirgi uchta uchrashuv o'tkaziladi. "Lokomotiv" Farg'onada "Neftchi" mehmoni bo'ladi.

"Temiryo'lchilar" bugun ertalab Farg'ona shahriga etib kelishdi va mehmonxonaga joylashishdi. Jamoaning kayfiyati yuqori, yigitlar bugungi o'yinga tayyor. 


Oliy liga, 18-tur. 14 avgust 

NEFTCHI - LOKOMOTIV

Boshlanish vaqti - 18:30

Bosh hakam: Rustam Bobomurodov. 

Turnir jadvalidagi o'rni: "Neftchi" 8-o'rinda (24 ochko), "Lokomotiv" 1-o'rinda (45 ochko). 

Ochkolar orasidagi farq - 21 ochko. 


Tarif: Ketma-ket to'rtta uchrashuvni o'z maydonida o'tkazgan "Lokomotiv" bugungi bahsni safarda o'tkazadi. "Loko" oliy liganing ikkinchi davrasidan o'rin olgan dastlabki ikkita bahsni g'alaba bilan yakunladi. Jamoa o'z maydonida avvaliga "Navbahor"ni (5:0), keyin "Andijon"ni 3:1 hisobida mag'lub etdi. "Neftchi" esa dastlab o'z uyida "Bunyodkor" ustidan 2:1 hisobida zafar quchgan bo'lsa, o'tgan turda xuddi shu hisob bilan "Navbahor"ga mag'lub bo'ldi. 

Fakt: Jamoalarning Toshkentda kechgan birinchi davra o'yinida "Lokomotiv" yirik 4:0 hisobida g'alaba qozongan. O'yinda Marat Bikmaev ikkita to'p kiritgan bo'lsa, Temurxo'ja Abduxoliqov bilan Kaxi Maxaradze bittadan gol urishgan. O'sha o'yinda Sardor Mirzaev "Eng yaxshi futbolchi" deb topilgandi. 

Fakt: O'z maydonida shu paytgacha sakkizta bellashuvda maydonga tushgan "Neftchi" shundan beshtasini g'alaba bilan yakunladi, ikki bor durang o'ynab, bir bor mag'lubiyatga uchradi. Jamoa Farg'onada "So'g'diyona"ga 0:1 hisobida yutqazib qo'ygan. "Neftchi"ning uydagi uchrashuvlarda to'plar nisbati 11-7. 



Fakt: "Lokomotiv" esa hozircha safarda 8ta bahsda ishtirok etib, shundan oltitasi g'alaba bilan yakunlagan hamda ikki bor durang o'ynagan. Jamoaning safar o'yinlarida to'plar nisbati 19-9. Umuman olganda, "Loko" oliy liga jamoalari orasida safarda eng ko'p gol urgan jamoa bo'lib turibdi. Bu borada ikkinchi o'rin "Nasaf"ga tegishli. Qarshiliklar hisobida 16ta gol bor. 



Eslatma: Kecha o'tkazilgan "Neftchi" va "Lokomotiv" o'rinbosarlarining Yoshlar ligasi bahsida durang qayd etildi - 1:1.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика