So’nggi yangiliklar

10:24Мусиала операция қилинди  0 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  2 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  6 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  4 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  8 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0 01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  1 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  3 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  5 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  4 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  2 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  1 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  5

Bugun futbol. “Nasaf” - “Dinamo” Yangiliklar

Bugun futbol. “Nasaf” - “Dinamo”

Teglar :  NasafDinamo
Bugun Qarshidagi “Markaziy” stadionda oliy liga 25-turi doirasidagi “Nasaf” - “Dinamo” uchrashuvi bo'lib o'tadi. Uchrashuv soat 18:00da boshlanadi.

UCHRASHUV PREVYUSI
 
O'zPFL 25-tur
“Nasaf” (Qarshi) – “Dinamo” (Samarqand)
20.10.2017. “Markaziy” stadion. 18:00da
Bosh hakam:
Viktor Serazetdinov (Toshkent)
Qanot hakamlari: Andrey Capenko (Toshk.vil.) Sultonmurod Ulfatov (Toshkent)
Zaxira hakami: Elyor Tursunov (Buxoro)
Nazoratchi: Sayfiddin Irmatov (Toshkent)
O'zPFL vakili: Roman CHernikov.

“Nasaf” hamda “Dinamo” jamoalari bugun oliy ligadagi o'zaro 38-uchrashuvida maydonga tushishadi. Bungacha jamoalar 37 bor kuch sinashishgan.  Natijalar jamoamizning ustunligini ko'rsatmoqda. Bo'lib o'tgan 19 uchrashuvda “Nasaf”, 7 o'yinda esa “Dinamo” g'alabaga erishgan. 11 uchrashuvda durang natijasi qayd etilgan.

To'plar nisbati 52:35ga teng. Ustunlik “Nasaf” tarafida.



Qarshida bo'lib o'tgan 18 uchrashuvning 13tasida jamoamiz g'alaba qozongan. 2 uchrashuvda samarqandliklarning qo'li baland kelgan. Qolgan 3 uchrashuvda kuchlar teng kelgan.

“Dinamo” so'nggi bor 2011 yili Qarshidan uch ochko bilan qaytgan. “Nasaf” olti uchrashuvki, chempionatdagi g'alabali seriyasini davom ettirib kelmoqda.

Bugungi uchrashuvda jamoamizga Igor Golban va Farruh Sayfievlar yordam bera olishmaydi. Albatta bu jiddiy yo'qotish hisoblanadi. Bu futbolchilarimizning sariq kartochkalari soni to'rttaga etgan. Umid qilamizki, boshqa futbolchilarimiz ularning yo'qligini bildirishmaydi.

Bugun futbol ishqibozlari mazkur jamoalar ishtirokidagi qiziqarli uchrashuvga guvoh bo'lishlari aniq. Jamoalar turnir jadvalida qanday o'rinda borishlariga qaramasdan doimo maydonda murosasiz bo'lishgan. Bugun ham shunday bahs bo'lishi aniq.

SHunday ekan, “Nasaf” – “Dinamo” uchrashuviga marhamat qiling! “Markaziy” stadion sizga muntazir!


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика