So’nggi yangiliklar

10:29"Динамо" Беларусда учта ўртоқлик ўйини ўтказади  1 10:05"Эсхата" устози Шуҳрат Умаров: "Шацкихга омад, ОЧЛда "Андижон"га мухлислик қиламиз"  0 09:43"Хоразм" назорат учрашувида "Бунёдкор" ўринбосарлари билан дуранг ўйнади  1 09:22Иззатилло Пўлатов: "Халқимиз қўллаб-қувватлаб турса, барчасига бирга эришамиз"  1 08:46Одил Ҳамробеков "Трактор"да норасмий дебютини ўтказди  0 08:21"Манчестер Юнайтед" беш футболчига базага киришни тақиқлади — клуб улардан воз кечмоқчи  7 08:00"Финалиссима-2026": Испания ва Аргентина ўртасидаги супероқшом март ойида бўлиб ўтади  2 07:35Мутолаа учун. Раньери, Моуриньо, Карпин. Шомуродов энди туркиялик мураббий билан ишлайди. Аввалги мутахассислар билан қандай саргузаштлар бўлган?  2 01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  7 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  3 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  7 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  4 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  3 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  5 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  2

Bugun futbol. "Buxoro" - "Lokomotiv" Yangiliklar

Bugun futbol. "Buxoro" - "Lokomotiv"

Bugun Superliganing 5-tur uchrashuvlariga start beriladi.

O'zbekistonning amaldagi chempioni "Lokomotiv" safarda "Buxoro" mehmoni bo'ladi. Turnir jadvalida "Lokomotiv" 9 ochko bilan ikkinchi o'rinni egallab turibdi. "Buxoro" esa 5 ochko to'plagan va 7-o'rinda boryapti. 

Mavsumni durang bilan boshlagan "Buxoro" keyingi ikkita bellashuvda ham g'alaba qozona olmadi. Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari safarda "Metallurg"ga imkoniyatni boy berishdi va uyda "Qizildqum" bilan durang qayd etishdi. "Buxoro" ilk g'alabasini "Qo'qon-1912" bilan o'yinda (3:1) qo'lga kiritdi. Aytish mumkinki, jamoa bu uchrashuvda ancha yaxshi harakat qildi va haqli ravishda g'alaba qozondi. 

Mana endi bugun "Buxoro" o'z uyida "Lokomotiv" bilan kuch sinashadi. "Lokomotiv" garchi birinchi turda mag'lubiyatga uchragan bo'lsa-da, keyingi uch uchrashuvda qatorasiga g'alabaga erishdi. Jamoa dastlab "Navbahor"ni, undan keyin "Andijon" bilan AGMKni mag'lub etdi. Mana shu uch o'yinda "Loko" raqiblar darvozasiga 7ta gol urib o'z darvozasidan bitta to'p o'tkazib yubordi. 

"Buxoro" shu paytgacha to'rtta gol urib o'z darvozasidan ham shuncha to'p olib chiqqan. Jamoa o'z maydonida bitta uchrashuv o'tkazib bitta gol urgan. Qolgan uchta gol Farg'onada "Qo'qon-1912" darvozasiga kiritilgan. Imkoniyatlar borasida "Loko"ning ustunligini ko'rishimiz mumkin. "Buxoro"ning asosiy ustunligi jamoa muxlislarida. Bugun Buxorodagi markaziy stadion liq to'lishi kutilmoqda. 

Buxoro shahrida o'tkazilgan oxirgi besh o'yinning faqat bittasida maydon egalari zafar quchgan. Qolgan to'rtta bahs "Loko" foydasiga hal bo'lgan. Hozircha durang qayd etilmagan. 

2018 yil. Birinchi bosqich. "Buxoro" - "Lokomotiv" 0:1 

2018 yil. Ikkinchi bosqich. "Buxoro" - "Lokomotiv" 1:3 

2017 yil. "Buxoro" - "Lokomotiv" 1:2 

2016 yil. "Buxoro" - "Lokomotiv" 2:1 

2015 yil. "Buxoro" - "Lokomotiv" 2:3 

"Buxoro" o'z maydonidagi oxirgi besh o'yinda "Loko" darvozasiga 6ta gol urib, o'z darvozasidan 10 marta to'p o'tkazib yuborgan.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика