So’nggi yangiliklar

13:05Сергей Чигодаев - Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг CAFA U-17 кубогидаги илк ўйини ҳақида  0 12:35"Челси" икки дарвозабонни кўриб чиқмоқда  0 12:04Тен Хаг топ клубга бош мураббий бўлмоқда  3 11:23"Реал" ПСЖ юлдузини харид қилмоқчи  5 11:00Каору Митоманинг янги жамоаси деярли аниқ  1 10:34Кевин Де Брюйне “Наполи“да қанча маош олиши маълум  2 10:08“Майдонда максимал даражада кучимизни сарфлаймиз, бизда ишонч бор” - Дониёр Абдуманнопов “Сурхон”га қарши ўйин, чиройли гол ва Суперкубок ҳақида  2 09:40Васкес фаолиятини Осиёда давом эттириши мумкин  5 09:11Ҳусановнинг собиқ мураббийи Англия жамоасини бошқаради  3 08:43Мбаппе “Олтин бутса“ учун курашда биринчи ўринга чиқиб олди  25 08:17Sofascore. Захирадан майдонга тушиб, ассист қайд этган Файзуллаев неча баҳо олди?  3 08:00Суперлига. "Нефтчи" "Шўртан"ни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди. "Сўғдиёна" эса ўз майдонида "Бухоро" билан дуранг ўйнади  2 07:54Суперлига. Бугун 3-та учрашув бор  7 07:27АПЛга йўл олган учинчи жамоа номи маълум  7 03:31Франция кубоги. ПСЖ "Реймс"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, бош совринга эга чиқди  7

Bugun futbol. "Buxoro" - "Bunyodkor" Yangiliklar

Bugun futbol. "Buxoro" - "Bunyodkor"

Teglar :  BuxoroBunyodkor
Bugun oliy liganing 24-tur uchrashuvlaridan o'rin olgan ikkita bahs bo'lib o'tadi.

SHulardan biri Buxoroda o'tkaziladi va unda mahalliy "Buxoro" jamoasi poytaxt vakili "Bunyodkor"ni qabul qiladi.

Oliy liga. 24-tur
BUXORO - BUNYODKOR
Boshlanish vaqti -
18:00

Turnir jadvalidagi o'rni: "Buxoro" 4-o'rinda (42 ochko), "Bunyodkor" 2-o'rinda (50 ochko).
Ochkolar orasidagi farq - 8 ochko.

Tarif: O'ziga yarasha qiziq kechishi kutilayotgan bahslardan biri. Joriy mavsum yaxshi o'yin ko'rsatayotgan "Buxoro" o'z maydonida kuchli klublardan biri "Bunyodkor"ni sinovdan o'tkazadi. Bu o'yinda kim g'olib chiqishini oldindan aytish qiyin. CHunki "Buxoro" yaxshi futbolchilarni o'z safiga chorlab yuqori o'rinlar uchun harakat qilayotgan bo'lsa, "Bunyodkor" chempionlik uchun kurashmoqda. Eslatib o'tamiz, birinchi davradagi uchrashuvda "Bunyodkor" 3:0 hisobida g'alaba qozongan. Gollarni raqib darvozasiga Sato Minori, Eldor SHomurodov va Doston Hamdamov kiritgan.

Fakt: "Bunyodkor" ikkinchi davrada "Buxoro"ga nisbatan bitta kam o'yin o'tkazgan. Buxoroliklar ikkinchi davrada oltita o'yinda g'alaba qozonib, bir marta mag'lub bo'lishgan. "Bunyodkor" esa to'rtta uchrashuvda zafar quchdi va ikki bor yutqazib qo'ydi. "Buxoro" o'z maydonida hozirgacha 11ta o'yinda ishtirok etib 23 ochko to'plagan. 7ta g'alaba, 2 durang va 2 mag'lubiyat. To'plar nisbati 18-8. "Bunyodkor" esa safardagi 11ta bellashuvda 19 ochko jamg'argan. 5 g'alaba, 4 durang va ikki mag'lubiyat. To'plar nisbati 16-8.

Fakt: "Bunyodkor" ikkinchi davra boshlanganidan beri hali safarda g'alaba nashidasini surgani yo'q. "Buxoro" esa o'z uyidagi 3ta bellashuvni ham g'alaba bilan yakunladi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика