So’nggi yangiliklar

08:48Ҳусниддин Алиқулов фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  0 08:20`Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди  7 02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  1 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  44 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20

Bugun futbol. "Bunyodkor" - "Paxtakor" Yangiliklar

Bugun futbol. "Bunyodkor" - "Paxtakor"

Teglar :  BunyodkorPaxtakor
Bugun bo'lib o'tadigan ikkita uchrashuv bilan oliy liganing 11-tur bahslariga start beriladi. Bugun "Bunyodkor" Toshkent derbisida "Paxtakor"ni 11-marta o'z maydonida qabul qiladi.

Oliy liga. 11-tur. 17 may
Bunyodkor – Paxtakor
Hakamlar:
H. Ro'ziev (Toshkent), O. Abduvasilov (Toshkent), S. SHoyusupov (Toshkent), A. Ergashev (Toshkent)
Nazoratchi: A. Abdullaev (Toshkent).
PFL vakili: S. Rizaev.

O'yindan nima kutyapmiz? Jamoalarning turnir jadvalida egallab turgan o'rnidan qatiy nazar birinchi navbatda keskin va kurashlarga boy bahs guvohi bo'lsak ajab emas. Ayni paytda ikkala jamoaga ham ochko kerak. Lekin o'z maydonida o'ynaydigan "Bunyodkor"ga ko'proq zarurga o'xshayapti. "Bunyodkor" va "Paxtakor" o'rtasidagi avvalgi derbilar juda shiddatli kechardi. Bugun ham shunday o'yin guvohi bo'lamizmi, bir narsa deyish qiyin. "Bunyodkor" stadionida kechgan oxirgi ikkita derbida "Paxtakor"ning gol urmasdan mag'lub bo'lganini hisobga olsak, bugun Jasur Abduraimov shogirdlari o'sha mag'lubiyatlar alamini olish maqsadida astoydil kurash olib borishadi.

Turnir jadvalidagi vaziyat: Ikkala jamoa ham jadvalda o'ziga yarashmagan o'rinda bormoqda. "Bunyodkor" 9ta o'yindan so'ng 10 ochko bilan 12-o'rinni egallab turgan bo'lsa, 10ta uchrashuv o'tkazgan "Paxtakor" 14 ochko jamg'argan holda 8-o'rinni egallab turibdi.

Fakt: "Bunyodkor" bu yil hisobidan o'z maydonidagi faqat bitta o'yinda g'alaba qozongan. Jamoa 1-turda "So'g'diyona"ni zo'rg'a 1:0 mag'lub etgan. Keyingi uy uchrashuvlarida bir bor mag'lub bo'lib, ikki marta durang o'ynagan.

Bilasizmi? "Bunyodkor" o'z maydonidagi o'yinlarda eng kam gol urgan uchta jamoadan biri hisoblanadi. Yana ikki jamoa "Obod" va "Olmaliq" bo'lib, uchalasi ham atigi 3tadan to'p kiritgan. Qizig'i shundaki, uydagi uchrashuvlarda uchta gol urgan "Bunyodkor" uchta o'tkazib yuborgan. Safarda ham shuncha gol urgan.

Fakt: "Bunyodkor" ketma-ket to'rtta o'yindan beri g'alaba qozona olmayapti: ikki durang va ikki mag'lubiyat. Jamoa oxirgi marta 16 aprel kuni Farg'onada "Neftchi"ni 2:1 hisobida mag'lub etib qaytgan.



Bilasizmi? "Paxtakor" safarda hali qozongani yo'q. Jamoa to'rtta uchrashuv o'tkazgan bo'lsa, ikkitasida durang o'ynab, ikki bor yutqazib qo'ygan. Qolaversa, safar o'yinlarida "Paxtakor" atigi bitta gol urgan. Hatto jadvalning eng quyi qismida borayotgan "Obod" ham safarda ikki bor to'p kiritishning uddasidan chiqqan.

Fakt: "Paxtakor" ketma-ket uch o'yindan beri mag'lub bo'lmadi. Jamoa o'z maydonida "Navbahor" va "Buxoro"ni mag'lub etdi va safarda "Qo'qqon-1912" bilan durang o'ynadi.

Bilasizmi? "Paxtakor" qatorasiga ikki yildan beri safarda "Bunyodkor"ga gol urmasdan mag'lub bo'lmoqda: 2015 yil 2:0, o'tgan yil 3:0. Umuman olganda, "Paxtakor" shu paytgacha ikki marta (2013-2014 yilgi mavsumlarda) "Bunyodkor" stadionidan g'alaba bilan qaytgan. Oltita uchrashuvda "Bunyodkor"ning qo'li baland kelgan bo'lsa, ikki bor durang qayd etilgan.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика