So’nggi yangiliklar

22:01"Манчестер Юнайтед" Каземиронинг кетишини маълум қилди  1 21:44Жасур Жалолиддинов: "Терма жамоага чақирув олиш - ғурур ва катта шараф"  1 21:17ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  8 20:55МЮ раҳбарияти жамоанинг собиқ футболчисини қайтаришни муҳокама қилмоқда  9 20:31Ўзбекистон терма жамоаси Дубайда иккита назорат ўйинини ўтказади  2 20:02Кайседо: "Росеньор "Челси"да ўз ишини аъло даражада бажаряпти"  1 19:35АПЛ афсонаси "Арсенал"ни Чемпионлар Лигасида тўхтата оладиган жамоани айтди  12 19:13Мане ва Браим Африка Миллатлари Кубогининг рамзий терма жамоасига кирди  0 18:46Эрон чемпионати. "Трактор" йирик ҳисобда ғалаба қозонди, Ҳамробеков 78 дақиқа ўйнади  0 18:25Салоҳ "Ливерпуль" афсоналари рейтингида учинчи ўринга кўтарилди  9 17:59"Барселона" асосий футболчиси 1 ойга сафдан чиқди  3 17:37Расман: Исломбек Баратов — "Локомотив" футболчиси!  4 17:23Расман: Валижон Раҳимов — "Навбаҳор" футболчиси!  2 17:04Голбан: "Андижон"нинг олдига жиддий мақсадлар қўйилган"  6 16:36Пишурнинг ўғли "Жирона"га ўтмоқда  8

Bugun futbol. "Andijon" - "Surxon" Yangiliklar

Bugun futbol. "Andijon" - "Surxon"

Bugun Coca Cola Superligasining 9-turiga start beriladi.

Mavsum boshidan beri hali g'alaba qozonmagan "Andijon" o'z maydonida "Surxon"ni qabul qiladi. Turnir jadvalida "Andijon" 5 ochko bilan 11-o'rinni egallab tkuribdi. To'plar nisbati 6-10. "Surxon" esa 4 ochko bilan 12-o'rinda boryapti va to'plar nisbati 8-17. 

Demak, bugun Andijonda jadvalning ketma-ket pog'onalarida borayotgan ikki jamoa to'qnashuvi guvohi bo'lamiz. Qizig'i shundaki, "Andijon" bir pog'ona yuqorida turgani bilan hali g'alaba qozonmagan. Jamoa 8ta o'yinning 5tasida durang o'ynab, uch bor mag'lub bo'lgan. 

"Surxon" esa bir martadan g'alaba va durang qayd etib qolgan bahslarda imkoniyatni boy berdi. Xususan termizliklar oxirgi to'rtta o'yindan beri faqat mag'lubiyatga uchrashmoqda. Jamoa o'tgan tur yangi murabbiy Ravshan Haydarov qo'l ostida ilk uchrashuvini o'tkazib "Loko"dan mag'lub bo'ldi, biroq "temiryo'lchilar"ga jiddiy qarshilik ko'rsata oldi. 

"Andijon"ga kelsak, bu jamoa oxirgi 3ta o'yinini durang bilan yakunladi. "Burgutlar" safarda "So'g'diyona" va "Qizilqum" bilan 1:1, uyda esa "Bunyodkor"ga qarshi 0:0 hisobini qayd etishdi. Qizig'i shundaki, Andijon Jizzax va Navoiyda oxirgi daqiqalarda gol urib mag'lubiyatdan qutulib qoldi. 

Bugun bahsda imkoniyatlarni teng baholasa bo'ladi. Lekin maydonda qattiq "jang" kechishi aniq, chunki g'alaba har ikki jamoaga nihoyatda zarur. Albatta, Ravshan Haydarov tezroq g'alaba qo'lga kiritilishini xohlaydi. Biroq yil boshidan beri hali yutmagan maydon egalari qarab turmasa kerak. 

P.S. Bugun soat 19:00da boshlanadigan bahsni "Mahalla" telekanalida to'g'ridan to'g'ri kuzatib boring.

Andijon

Superliga. 9-tur

12/07/2020, 19:00

1
:
0
Tugadi

Surxon

Aleksandr Kasyan - 45'

45'
90'
47'  Ibe Michel Okoro
52'  Emanuel Arivachukvu
59'  Emanuel Arivachukvu
70'  Jahongir Abdumo’minov (Siroj Meliyev)
70'  Jamshid Hasanov (Artyom Litvyakov)
76'  Xushnudbek Avilov (Qahramon Bahodirov)
83'  Temur Usmonov (Baxtiyor Qosimov)
45'  Aleksandr Kasyan
45'  Sherzod Karimov
59'  Asror G'ofurov
64'  Aleksandr Kasyan
76'  Abduqahhor Xozhiakbarov (Anvarzhon G'ofurov)
78'  Aziz Ibragimov (Sardor Sulaymonov)
90'  Sherzod Karimov (Vladimir Bubanya)

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика