So’nggi yangiliklar

00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  2 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  4 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  5 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  12 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:45"Галатасарой" Осимхенни сотиб олиш бўйича "Наполи"га таклиф жўнатди  0 21:13Рўзиқул Бердиев таркибни кучайтириш ва иккинчи даврага тайёргарлик ҳақида гапирди  11 20:41"Реал Мадрид" мухлислари 0:4 дан сўнг Пересга раҳмат айтишди  18 20:18"Реал" "Бенфика" футболчисининг трансфери борасида келишувга эришди  5 19:51"Ливерпуль" Экитике трансфери бўйича музокараларни бошлайди  0 19:25"Бавария" Луис Диас учун 52 млн евро таклиф қилди  2 19:02"Мундиалда Ўзбекистон терма жамоасининг янги қиёфалари пайдо бўлади" – Александр Крестинин билан катта суҳбат  6 18:38"Навбаҳор" бразилиялик ҳимоячи билан шартнома тузади  16 18:11Гёкереш "Спортинг" машғулотларига қайтишдан бош тортди. У "Арсенал"га ўтишни истамоқда  8

Bugun final. Uchrashuv haqida siz bilishingiz kerak bo'lgan malumotlar Yangiliklar

Bugun final. Uchrashuv haqida siz bilishingiz kerak bo'lgan malumotlar

Teglar :  RealLiverpul
Bugun Evropa chempionlar ligasining final uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Real – Liverpul
SHanba, 26 may, 23:45.
Kiev, Olimpiyskiy.
Bosh hakam - Milorad Majich

Bugun butun dunyoning nigohi Kievga qaratiladi. Evropaning eng nufuzli turnirlaridan biri - ECHLning final uchrashuvida "Real" va "Liverpul" o'zaro to'qnash keladi.

Tomonlarning o'zaro o'yinlari statistikasiga qaraydigan bo'lsak, "Liverpul"da kichik ustunlik borligini ko'ramiz.

O'tkazilgan 5 bahsda hisob quyidagicha: 3:2. Dastlabki, uch o'yinda "Liverpul"ning (1:0, 1:0, 4:0) qo'li baland kelgan bo'lsa, so'nggi ikki uchrashuvda madridliklarning (3:0, 1:0) g'alabasi qayd etilgan. Gollar urishdagi nisbat ham "qizillar" foydasiga: 6:4.

Ammo natijalar o'tmishda qolib ketgan. 26 may kungi uchrashuvda hech qanday statistikaga etibor berilmaydi. Ikki tomon ham g'alaba qozonishga intiladi. "Real" ketma ket uchinchi, "Liverpul" esa 13 yildan keyin ilk ECHL sovrinini qo'lga kiritish uchun qattiq harakat qiladi.

TAXMINIY TARKIBLAR

O'yinda qatnashmaydi: Matip, Oksleyd-CHemberlen, Gomes (barchasi "Liverpul")

Jamoalar to'purarlari

"Real": Krishtianu Ronaldu – 15

"Liverpul": Muhammad Saloh – 10, Roberto Firmino — 10.

QIZIQARLI MA'LUMOTLAR

- "Real" va "Liverpul" CHL finalida 1981 yildayoq to'qnash kelishgan (o'shanda turnir Evropa chempionlari kubogi deb nomlanardi). Unda mersisaydliklar 1:0 hisobida g'alabaga erishishgan.

- "Real"ning ECHLdagi so'nggi 9 uchrashuvida o'rtacha 3,8tadan gol urilgan. "Liverpul"ning ECHLdagi so'nggi 10ta o'yinda esa o'rtacha 4,7tadan gol kiritilgan.

- "Liverpul" ECHLdagi so'nggi 10 uchrashuvining 9tasida 2 va undan ko'proq gol kiritgan.

- "Real" ham so'nggi 8 uchrashuvining 7tasida 2 va undan ko'proq gol urgan.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика