So’nggi yangiliklar

22:54БАА. Отабек Шукуров голли пас берди, Мозговой захирадан ўйинга қўшилди, уларнинг жамоаси ғалабага эришди  0 22:31"Нефтчи" Championat.asia да чиққан хабарга муносабат билдирди   3 21:43Аморим МЮ схемаси ўзгариши ҳақида: "Қарор ОАВ босими туфайли қабул қилинмади. Агар футболчилар тизимни матбуот сабаб ўзгартирдим деб ҳисоблашса, бу мураббий учун якун демакдир"  0 21:08"Фенербахче" Нкункуни сотиб олиши мумкин  0 20:23Сунатилло Абдуллажонов - "Сурхон" футболчиси  0 19:55"Бунёдкор" стадионида йил якунига бағишланган маданий-маърифий тадбир бўлиб ўтди  3 19:29Ринкон: "Винисиус билан "Реал" ўз йўлидан адашди"  2 19:17Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  21 19:07Эшитдик-да! "Сўғдиёна" футболчиси "Навбаҳор"га ўтди  4 18:51ФИФА ЖЧ-2026 чипталарига бўлган талаб бўйича рекорд ўрнатилганини маълум қилди  3 18:25Вадим Абрамов: "Биз биринчи ўринни эгаллашимиз ҳам мумкин эди"  10 17:55Кроос Марокаш терма жамоасини ЖЧ-2026 фаворитлари қаторига қўшди  1 17:26"Нефтчи" аъзоларига чемпионлик учун iPhone совға қилинди  10 16:58"Наполи" "Реал" футболчисини ижарага олиш имконияти билан қизиқди, аммо рад жавобини олди  0 16:34"Андижон" 7 январь куни Туркияга йўл олади  6

Bugun final. Jamoalar qanday kayfiyatda? Yangiliklar

Bugun final. Jamoalar qanday kayfiyatda?

Jizzaxning "So'g'diyona-W" klubi bugun poytaxtda Elmira Gulyamova boshchiligidagi "Bunyodkor"ga qarshi O'zbekiston kubogi uchun maydonga tushadi.

Futbol maydonidagi poziciyalarga etibor qaratsak, o'yin natijasiga eng ko'p tasir qiladgan futbolchi darvozada turishiga guvoh bo'lamiz. SHu tufayli har ikki jamoa posbonlarining final oldidagi kayfiyatlari bilan qiziqdik.

Nozima Hasanova (So'g'diyona-W):

Biz jamoamiz bilan birgalikda O'zbekiston Kubogi finaligacha etib kelganimizdan juda ham xursandmiz. "Bunyodkor" jamoasini munosib raqib deb hisoblaymiz. Albatta, barcha jamoalar qatori biz ham o'zimizga bu yilgi mavsum uchun katta maqsadlar qo'yganmiz. To'g'ri, ushbu mavsumda biz "Bunyodkor"ni mag'lub eta olmadik. Lekin, tengma-teng bellasha oldik. Biz ularni yutolmaganimizning sababi ruhan tayyorgarlik yoki omad etishmaganidan deb o'ylayman. Bundan nafaqat o'zim, balki jamoamiz o'yinchilari katta motivaciya oldi. Hozir finaloldi mashg'ulotlarimiz juda ham yaxshi o'tmoqda. Jamoamiz bilan birgalikda yaxshi natijaga erishib, Jizzaxga g'alaba bilan qaytamiz degan umiddamiz.

Olga Qahhorova (Bunyodkor-W):

O'ylashimcha, bizni juda ham qiziqarli va murosasiz to'qnashuv kutyapti. Kubok uchun "jang"da 2 teng kuchli jamoa ishtirok etadi. Maydonda sovrinni qo'lga kiritish uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni qilamiz. Umid qilamanki, o'z o'yinimizni ko'rsatib, g'alaba qozonamiz. "So'g'diyona-W" esa munosib va kuchli raqib. Barchaga omad tilayman. Eng muhimi, o'yin jarohatlarsiz, chiroyli o'tsin va kuchli tomon yutsin.

Eslatib o'tamiz final bahsi Toshkent vaqti bilan 16:00da start oladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика