So’nggi yangiliklar

00:54"Реал" "Бенфика"нинг 50 миллионлик футболчисини текинга қўлга киритади  0 00:11"Атлетико" 10 йиллик футболчисини сотиб юборди  0 23:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ - "Реал" 3:0 (матнли трансляция)  113 23:46Карлос Тевес "Тальерес" жамоасини бошқаради  1 23:20ЛаЛига "Реал"нинг сўровига рад жавобини берди  11 22:40"Тоттенхэм" "Вест Хэм" футболчисини 55 млн фунтга сотиб олмоқда, у клуб тарихидаги энг қиммат трансферлардан бирига айланади  0 22:01Трент ПСЖга қарши ўйнамаслиги мумкин  12 21:45U-21 биринчилиги. "Навбаҳор" - биринчи давра чемпиони!  3 21:16Луис Энрике: "Барселона"га содиқ бўлиб қоламан, "Реал"га қарши ўйинлар менга катта иштиёқ беради"  21 20:58"Ал Қодисия" Ретеги учун таклифни оширди  1 20:16Гарет Бэйл: "Бугун ким ғолиб бўлишини барчамиз яхши биламиз"  18 19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  12 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  7 19:09"Лион"нинг Лига 1даги тақдири ҳал бўлди  3 18:31Фабрицио Романо Элдор Шомуродов трансфери бўйича маълумот берди  13

Bugun final. "Barselona" Madridda "Sevilya" bilan o'ynaydi Yangiliklar

Bugun final. "Barselona" Madridda "Sevilya" bilan o'ynaydi

Teglar :  SevilyaBarselona
Bugun "Vanda Metropolitano" stadionida "Barselona" Ispaniya kubogi doirasida "Sevilya"ga qarshi bahs olib boradi.

Barselona – Sevilya
Yakshanba, 00:30, Madrid, "Vanda Metropolitano". 

Bosh hakam - Xesus Jil.

Ushbu bahs ikki jamoa uchun ham juda muhim. Ulardan biri sovrinni qo'lga kiritadi. "Barselona" Primero chempionligiga erishishiga bir qadam qoldi. Kataloniyaliklar kubokda ham g'oliblikka erishib, oltin dubl qo'lga kiritishga harakat qilishlari aniq.

"Sevilya"dagi holat biroz qiyinroq. Jamoa bir vaqtlar "Manchester Yunayted"ni ECHLdan chiqarib yuborganida, ko'pchilik ularni qiyin raqib deb o'ylagandi. Ammo jamoa ayni damda LaLiga turnir jadvalining 7-pog'onasini egallab turibdi. SHu boisdan klub Ispaniya kubogini qo'lga kiritishga intilishiga shubha yo'q.

Biroq bunday qilish juda qiyin. "Barselona" bu mavsum LaLigada birorta uchrashuvda mag'lub bo'lmadi va ayni damda yaxshi holatda. Ikki jamoa ham ECHLdan chiqib ketgan. SHu boisdan uchrashuv borasida biror fikr bildirish juda qiyin.

TAXMINIY TARKIBLAR

O'ZARO O'YINLAR

Jamoalar o'zaro 157 uchrashuvda maydonga tushishgan. SHularning 86tasida kataloniyaliklarning, 38tasida andalusiyaliklarning qo'li baland kelgan. 33 bahsda durang qayd etilgan.

Jamoalarning o'zaro so'nggi 5 uchrashuvi:

31.03.2018 "Sevilya" - "Barselona" 2:2
04.11.2017 "Barselona" - "Sevilya" 2:1
05.04.2017 "Barselona" - "Sevilya" 3:0
06.11.2016 "Sevilya" - "Barselona" 1:2
17.08.2016 "Barselona" - "Sevilya" 3:0

Jamoalarning bu mavsum LaLigadagi ilk uchrashuvida "Barselona"ning qo'li baland kelgan - 2:1. 31 mart kuni "Sevilya" maydonida kechgan bahsda 2:2 hisobidagi durang qayd etilgan.

QIZIQARLI MA'LUMOTLAR

- "Sevilya" bu mavsum safarda o'tgan 17 uchrashuvning 6tasida g'alabaga erishgan.

- "Barselona" esa bu mavsum safardagi 17 bahsning 11tasida raqibini mag'lub etgan.

- Leo Messi "Sevilya"ga qarshi o'tgan so'nggi 5 uchrashuvda 4 bora gol kiritgan.

- "Sevilya" "Barselona" bilan so'nggi 5 bahsda 4 marta gol urgan.

- "Sevilya" o'zining so'nggi 10 uchrashuvidan 3tasida g'alaba qozondi, so'nggi 3tasida durang o'ynadi.

- "Barselona" esa so'nggi 10 uchrashuvida ("Roma"ga) bir marta mag'lub bo'ldi va 7 bora g'alaba qozondi.

- Leo Messi "Barselona"dagi oxirgi 3 bahsida gol ura olmadi.

- "Barselona" Ispaniya kubogini eng ko'p qo'lga kiritgan jamoa hisoblanadi - 29 bora.

- "Barselona" Ispaniya kubogidagi 41-finalida maydonga tushadi.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика