So’nggi yangiliklar

21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  0 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  5 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2 19:02Саматов энди "Андижон"да спорт директор бўлиб ишлайди  1 18:38"Андижон" дарвозабони билан шартномани узайтирди  2 18:19"Манчестер Юнайтед" Мареска номзодини кўрмаяпти  1 18:00Хаби Алонсо: "Винисиусда табассум кўряпман"  0 17:31Суперлига клублари қачон, қаерда йиғин ўтказишади?   10 17:23"Манчестер Юнайтед"нинг декабрь ойидаги энг яхши футболчиси маълум қилинди  0 17:03Сергей Арсланов "Сўғдиёна"да иш бошлади  4 16:39"Атлетико" президенти: "Ишончим комилки, Симеоне билан EЧЛда ғалаба қозонамиз. Нега энди йўқ? Бизда яхши жамоа бор, бироз омад етишмаяпти”  2 16:36Бешариқ туманида футбол фахрийлари ўртасида шоу учрашуви ташкил этилди  0

Bugun Evropa ligasi. Finalga qaysi jamoalar chiqadi? Yangiliklar

Bugun Evropa ligasi. Finalga qaysi jamoalar chiqadi?

Teglar :  AtletikoArsenal
Bugun Evropa ligasida ham finalchilar aniqlanadi.

"Atletiko" - "Arsenal"
Payshanba, 00:05. Madrid, "Vanda Metropolitano".
Bosh hakam – Janluka Rokki (Italiya).

Jamoalarning yarim finaldagi ilk uchrashuvida 1:1 hisobidagi durang qayd etildi. Albatta, bu madridliklar foydasiga. 10-daqiqadayoq 10 kishi bo'lib qolganiga qaramasdan, madridliklar mag'lub bo'lishmadi.

Bu mavsumda "Atletiko" o'z maydonida yaxshi o'yin namoyish etmoqda. "Arsenal" esa safarda faqatgina mag'lub bo'lmoqda. Agarda ilk uchrashuvda "kanonirlar" yaratgan vaziyatlaridan unumli foydalana olishganida, javob uchrashuvigacha vaziyatni hal qilgan bo'lardi.

TAXMINIY TARKIBLAR

QIZIQARLI FAKTLAR

- "Arsenal" bu mavsum Evropa ligasi guruh bosqichida 4 g'alabaga erishgan yagona jamoa.

- "Atletiko" Angliya jamoalariga qarshi 28 uchrashuv o'tkazgan:  10 g'alaba, 12 durang, 6 mag'lubiyat.

- "Arsenal" esa Ispaniya jamoalariga qarshi o'tkazgan 32 uchrashuvida 10 g'alaba va 14 mag'lubiyat qayd etgan. Safardagi bahslarda natija shunday: 2 g'alaba, 3 durang, 6 mag'lubiyat.

- "Atletiko" Evropa ligasi doirasidagi so'nggi 16 uy o'yinlarining 15tasida g'alaba qozongan.

- "Arsenal" evrokuboklarning bahorgi bosqichiga ketma ket 19-bora chiqdi. Bularning barchasida jamoani Arsen Venger boshqargan.

- Vengerning UEFA yarim finallari safar uchrashuvlaridagi natijalari: 2 g'alaba, 2 durang, 2 mag'lubiyat.

- "Atletiko" evrokuboklar pley-offida 13 bora ilk bahsda durang o'ynagan va shularning 11tasida keyingi bosqichga chiqqan.

Evropa ligasining ikkinchi yarim finalida "Zalcburg" - "Marsel" jamoalari o'zaro to'qnash keladi. Ushbu jamoalarning ilk bahsida franciyaliklar 2:0 hisobida zafar quchgandi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика