Bugun APLning 4-turi boshlanadi. London derbisi va boshqa o'yinlarning prevyusi bilan tanishing
31 avg 2019 13:32
Yangiliklar
Bugun APLning 4-turi boshlanadi. London derbisi va boshqa o'yinlarning prevyusi bilan tanishing
Uch turdan keyin faqatgina "Liverpul" ochko yo'qotmagan jamoa sifatida turnir jadvali peshqadami bo'lib turibdi. "Manchester Siti" esa o'tgan turda "Tottenxem" bilan uchralgan durangni hisobga olmasa, o'z yo'lidan ildam odimlamoqda. Amaldagi chempion bilan durang o'ynagan "shporlar" esa o'tgan turda "Nyukasl"ga yutqazib qo'ydi. Ilk turda ishonchli g'alabaga erishgan "Manchester Yunayted" esa ikki bora ochko yo'qotdi. O'tgan turda Ole-Gunnar Sulsher shogirdlari "Kristal Pelas"ni mag'lub eta olishmadi. Hozirda kuchli to'rtlikda ketayotgan "Lester" esa mag'lubiyatga uchramadi.
Turning asosiy intrigasi
Marku Silva "Everton"dagi holatni o'nglay olarmikin?
"Irislar" mavsumni sekin boshlashdi, biroq portugaliyalik murabbiyni bunda hech kim ayblamadi. "Everton" esa yorqin o'yin ko'rsatmay 4 ochko oldi. O'tkazilgan 3-tur bahslari esa mersisayd jamoasining muammolarini ochib tashladi. Marku Silva jamoaga yangi kelib qo'shilgan futbolchilar bilan ishlashda qiynalmoqda, jamoaning o'tgan yilgi etakchilari esa unchalik yaxshi holatda emas. "Aston Villa"dan uchralgan mag'lubiyat ancha og'riqli bo'ldi. "Everton" shu kuni raqib darvozasi tomon atigi bir marta zarba berdi, o'z jarima maydonchasi yaqinida esa ko'p bora to'p yo'qotdi.
"Aston Villa" uchrashuvning uchinchi qismida anchagina samarali o'ynashdi, Gilfi Sigurdsson, Risharlison va Bernard kabi futbolchilar esa kerakli qarorlarni chiqarishda anchagina kechikdi. Ikkinchi bo'limda Silva maydonga Ivobi, Kin va Uolkott kabi futbolchilarni maydonga tushirdi, barcha o'zgarishlar pozicion ravishdar amalga oshirdi.
"Everton" maydon markazida ancha oqsayotgan paytda ham murabbiy 4-2-3-1 sxemasidan chekinmadi, biroq bu o'yinga hech qanday o'zgarish bermadi. Yangi futbolchilarning effekti hozirgacha ko'zga tashlanayotgani yo'q, ammo himoyadagi muammolar o'z joyida qolgan. Silva esa jamoaga o'yinni o'z bo'yniga oladigan futbolchini olib kelishi kerak.
MYU ikki o'yindan keyin o'ziga kela olarmikin?
"Yunayted"ning kombinacion o'yini "Vulverxempton" va "Kristal Pelas"ga qarshi o'yinlarda ko'rindi. MYU raqib jarima maydonchasiga etib kelishga qiynalmayapti, biroq raqiblarning himoya chizig'i va tayanch futbolchilari anchagina zich o'yin namoyish qilishmoqda. Lindelof ko'p bora pozicion xatolarga yo'l qo'ymoqda. Maguayr esa o'zining ajoyib o'yinini 50-60 daqiqa davomida ko'rsatmoqda.
"Bo'rilar" osonlik bilan "Yunayted"dan ochko oldi. Nunu Eshpiritu Santu MYUning burchak to'plaridan keyin himoyada yo'lga qo'yayotgan xatolarini ochiq-oydin aytib berdi. "Qizil iblislar" raqiblari korner ijro etayotgan vaqtda jarima maydonchasi tashqarisida bo'layotgan raqiblarini yopishmayapti. Ruben Nevesh esa bundan ajoyib tarzda foydalandi.
"Kristal Pelas"ga qarshi uchrashuvda esa Lindelofning yana o'shanda xatosi va De Xeaning noideal jismoniy holati jamoaga pand berdi. Ispaniyalik kiper bundan ikki mavsum oldin yaqin burchakdan bo'ladigan zarbalarni qiyinchiliksiz qaytara olardi. O'sha kuni u juda muhim pallada juda qo'pol xatoga yo'l qo'ydi.
Futbolchilar o'z sheriklari bilan pas oshirishlarda ishonchli bo'lmayapti. "Liverpul"ni anchagina qiynagan "Sautgempton"ga qarshi o'yinda esa Sulsher o'z shogirlarini bu borada ruxlantirishi kerak.
Teemu Pukki o'zining ajoyib seriyasini davom ettira olarmikin?
Finlyandiyalik forvard mavsum startidan buyon ajoyib seriya namoyish qilmoqda. Pukki o'tgan uch o'yinda gol urdi, "Nyukasl" darvozasini esa 3 bora ishg'ol qildi. "Norvich" hujumchisining asosiy quroli - raqib jarima maydonchasi ichida aqlli o'yin ko'rsatish bo'lmoqda. "Norvich" hattoki standartlardan keyin ham zarbalar berishga harakat qilmoqda.
Pukki raqib jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarbalar bermayapti, kuchli tezlikka ham ega emas. Umuman olganda, katta imkoniyatlarga ega bo'lmagan hujumchi hozirda ajoyib natija qayd etmoqda. "Norvich"ning navbatdagi turdagi raqibi esa "Vest Xem" bo'ladi.
Markaziy bahs: "Arsenal" - "Tottenxem"
"Arsenal" "shporlar" bilan bahsga katta ochkolik farq bilan bormaganiga ancha bo'ldi. "SHporlar" hattoki ilk turdanoq qiyinchiliklarga duch keldi. Eriksen klubdan ketishi kutilmoqda. Pochettino esa Yan Vertongen bilan urushib qolgan va uni maydonga qo'ymayapti. "Arsenal" yozda o'z tarkibini yaxshigina kuchaytirib oldi. Ammo dastlabki turlardagi g'alaba osonlikcha qo'lga kiritilmadi. "Liverpul" yana bir bor "kanonirlar"dan bir bosh ustun ekanligini ko'rsata oldi. Unai Emeri "Arsenal"da himoyaviy o'yin shakllantirmayapti, shu boisdan jamoa futbolchilari pressingda anchagina bo'sh o'ynamoqda. "Liverpul"ga qarshi bahsda raqiblari tomonidan to'pni ushlab turish va u bilan muomala qilish kabi vazifalarni bajara olmagan Sebalos o'z o'yinini ko'rsata olmadi.
Arsenal Alexandre Lacazette - 45', Pierre-Emerick Aubameyang - 71' |
Premier League . 4-tur 01/09/2019, 21:30 2
:
2
Tugadi
|
Tottenham Hotspur Christian Eriksen - 10', Harry Kane - 40' |
Stadion: Emirates Stadium, 60333 tomoshabin
Bosh hakam: Martin Atkinson
Alderveyrld va Sanchesning jips o'ynamayotganligi sababli "Tottenxem"ning markaziy himoyasida katta bo'shliqlar yuzaga kelmoqda. Xarri Keyn esa doimgidek avgust oyini bo'sh o'tkazmoqda. Son Xen Minning safga qaytishi hujum chizig'ida kreativlikni qaytardi, lekin Kristian Eriksensiz Pochettinoning o'yin uslubida nosozliklar yuzaga kelmoqda.
"Sautgempton" - "Manchester Yunayted"
Ralf Xayzenxyuttl o'rtacha darajadagi tarkib bilan maksimum natijaga erishishga harakat qilmoqda. "Sautgempton"ning o'z maydonida ochiq futbol namoyish etishi "Manchester Yunayted"ga hujumda erkinlik berishi mumkin. "Yunayted"ning asosiy muammosi esa Antoni Marsyal bilan bog'liq. U markaziy hujumda Markus Reshfordning tezligini yo'qotishiga ham sabab bo'lmoqda.
Southampton Jannik Vestergaard - 58' |
Premier League . 4-tur 31/08/2019, 17:30 1
:
1
Tugadi
|
Manchester United Daniel James - 10' |
Stadion: St. Mary's Stadium, 30499 tomoshabin
Bosh hakam: Mike Dean
Sulsher esa ishdan ketmasligi uchun g'alabalarga erishishi kerak. "Kristal Pelas"dan uchralgan mag'lubiyat anchagina kutilmagan bo'ldi. Lekin o'yin sifatini etiborga oladigan bo'lsak, mag'lubiyatni to'g'ri qabul qilsak bo'ladi. Himoyaviy o'yindagi bog'lanish uchun biroz vaqt kerak. Biroq "Yunayted"ning zaxirasini hisobga olsak, ko'p bora natijaga tasir qiladigan xatolar qilayotgan Lindelofning o'rnini almashtirish mumkin. "Satgempton" hozirgi paytda "Yunayted" uchun kuchli raqib hisoblanadi. Ammo "Yunayted" yana ko'p bora ochko yo'qotsa, tez orada ular ECHLni unutishga majbur bo'lishadi.
"CHelsi" - "SHeffild Yunayted"
Lempard o'tgan turda "CHelsi" murabbiyi sifatida ilk rasmiy g'alabaga erishdi. G'alaba adolatli bo'ldi, durangga o'ynagan "Norvich"ning chuqur himoyasini yorib o'tish oson bo'lmadi. Endi angliyalik murabbiy o'z jamoasini yanada kuchaytirishi kerak. Navbatdagi bahsdan oldin "CHelsi"da Pedroning xizmatlaridan foydalana olmasligi aniq bo'lgan. Meyson Mauntda ham biroz muammolar bor. Villian hali ham juda yomon holatda, shu boisdan hujumdagi asosiy figura Emerson bo'lib turibdi. Ha, o'yinning kartinasini o'rtacha baholash mumkin, biroq Lempard zaxiradan to'liqligicha foydalanmayapti.
Chelsea Tammy Abraham - 19', Tammy Abraham - 43' |
Premier League . 4-tur 31/08/2019, 20:00 2
:
2
Tugadi
|
Sheffield United Callum Robinson - 46', Kurt Zouma - 89' |
Stadion: Stamford Bridge, 40560 tomoshabin
Bosh hakam: Stuart Attwell
"SHeffild" ushbu mavsumda hozircha yomon o'yin ko'rsatganicha yo'q. Hatto, "Lester"dan uchralgan mag'lubiyatda ham Kris Uaylder o'z principlaridan voz kechmadi. SHu boisdan jamoa o'z darvozasidan 4-5ta gol o'tkazib yubormadi. "SHeffild" hujumchisi Uaylderdan "CHelsi" himoyachilari biroz xavfsirasa bo'ladi. Ammo "CHelsi" ushbu mavsumni kuchli to'rtlikda yakunlashni istayotgan ekan, albatta, bunday bahslarda g'alabaga erishishi shart.
"Manchester Siti" - "Brayton"
Bir qarashda favorit aniqdek, unchalik qiziq bo'lmagan bahs. "Siti" ajoyib holatda. Rahim Sterling va Serxio Aguero o'zining samaradorligini namoyish qilmoqda. Qadam va qadam Pep Gvardiola yarim himoyachi Rodrini o'z tizimiga moslashtirmoqda. "SHaharliklar"ning bir muammosi - standartlar bo'lib turibdi. "Manchester Siti" barcha top-klublar qatori raqiblar standartlarni amalga oshirayotganda hududiy himoya uslubini tanlaydi. Hattoki, bo'yi unchalik baland bo'lmagan Lukas Moura ham "Siti"ning baland bo'yli himoyachilarini zabt eta oldi.
Manchester City Kevin De Bruyne - 2', Sergio Aguero - 42', Sergio Aguero - 55', Bernardo Silva - 79' |
Premier League . 4-tur 31/08/2019, 20:00 0
:
4
Tugadi
|
Brighton & Hove Albion |
Stadion: Etihad Stadium, 54386 tomoshabin
Bosh hakam: Jonathan Moss
Grem Potter boshchiligidagi "Brayton" esa qiziqarli o'yin ko'rsatmoqda. Ammo ikki jamoa futbolchilarining umumiy darajasini hisobga olsak, "Brayton" "Etixad"ga katta "avtobus" bilan borishi kutilmoqda. To'g'ri, balki murabbiy bunga rozi bo'lmas. "CHaykalar" bugun to'pni ushlab turishda ham raqibdan yuqori natija ko'rsata olmasligi va kamroq hujum uyushtirishini hisobga olsak, "Siti" uchun o'yin oson o'tadi.
"Bernli" - "Liverpul"
"Bernli"ning o'yin uslubi istalgan raqibga hujumda imkoniyat yaratish uchun qulaylik tug'diradi. O'tgan mavsumda "Bernli" "Liverpul"ga qarshi bahsda hujumkor o'yin namoyish qilgandi. Biroq SHon Daych shogirdlari mahorat bobida raqibga yutqazib qo'ygandi. Yaqindagina ular "Arsenal"ga qarshi bahsda durangga erishishi mumkin ham edi. "Liverpul" esa ushbu mavsumda har bir o'yinda gol qo'yib yubormoqda. Ammo bu bilan "qizillar"ning himoyachi kuchsizlangan deb bo'lmaydi. Van Deyk va u boshchiligidagi himoyaning "quruq" o'yinlari hali oldinda.
Burnley |
Premier League . 4-tur 31/08/2019, 22:30 3
:
0
Tugadi
|
Liverpool Chris Wood - 33', Sadio Mane - 37', Roberto Firmino - 80' |
Stadion: Turf Moor, 21762 tomoshabin
Bosh hakam: Chris Kavanagh
"Liverpul" o'z maydonida"kanonirlar" bilan o'yinda qiynalmadi. "Bernli"ga qarshi bahsda ham Klopp shogirdlari maydonda katta kuch tashlashi aniq. Darvozani Adrian qo'riqlaydi, shu sababli mersisaydliklar raqiblarini jarima maydonchasiga "qamab" qo'yishi aniq. "Bernli" vingerlari esa Trent Aleksandr-Arnold hamda Endryu Robertsonlarning hujumga ko'p o'tishi va o'z zonasini bo'sh qoldirishidan foydalanishi mumkin. Lekin hozirdan aytish mumkinki, Sadio Mane va Muhammad Salohning ajoyib jismoniy holati "Liverpul"ni g'alabaga etaklashi kutilmoqda.
"Everton" - "Vulverxempton"
Turning ikkinchi markaziy o'yini. Marku Silvani jiddiy tekshiruv kutmoqda. "Bo'rilar" mavsum startini omadli boshladi desak bo'ladi. Nunu Eshpiritu Santu yangi futbolchilaridan ajoyib tarzda foydalanmoqda. "Vulverxempton" rotaciyadan ko'p bora foydalanadi. Biroq Silva hali ham yangi futbolchilaridan foydalana olmayotgani qiziqarli holat bo'lib turibdi. Portugaliyalik murabbiy katta tanqidlar ostida qolib ketmoqda. Bu esa unga bosim berishi mumkin.
Everton Richarlison - 5', Alex Iwobi - 12', Richarlison - 80' |
Premier League . 4-tur 01/09/2019, 19:00 2
:
3
Tugadi
|
Wolverhampton Wanderers Romain Saiss - 9', Raul Jimenez - 75' |
Stadion: Goodison Park, 39374 tomoshabin
Bosh hakam: Anthony Taylor
Markuning hozirgi umidi ko'plab gollar urishi kerak bo'lgan Risharlison hamda ajoyib paslar amalga oshiradigan Sigurdssonga bog'liq. Ammo na u va na bu futbolchining holati yaxshi emas. Lyuka Din hamda Bernard kabi futbolchilar esa hozirda murabbiyning ishonchini oqlamoqda. Biroq ular bilan kuchli oltilikka kirishning iloji yo'q. Garchi safarda o'ynasa-da, "Vulverxempton"ning g'alabaga erishish ehtimoli yuqori.
Fikrlar