So’nggi yangiliklar

22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  2 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  2 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  6 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  5 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  5 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  5 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  1 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  1 19:32Тер Штеген Францияда операция қилинади  3 19:05Алиссон Осиё турнеси давомида "Ливерпул"ни тарк этди  1 18:38Артета Зинченкони "Арсенал"дан кетмасликка кўндирди  0 18:16Расман: Валижон Раҳимов – "Бунёдкор" аъзоси!  2

Bugun 16:00. "Paxtakor" - "SHabab Al Ahli" Yangiliklar

Bugun 16:00. "Paxtakor" - "SHabab Al Ahli"

Bugun qitamizda Osiyo chempionlar ligasi guruh bahslari start oladi.

Ketma-ket uchinchi mavsum “Paxtakor” mavsumni xalqaro maydondagi ishtiroki bilan boshlab beradi. Ilk o'yin bu safar BAAning eng kuchli jamoalaridan biri, ayni paytda o'z chempionatida ishonch bilan peshqadamlik qilayotgan “SHabab Al Ahli” jamoasiga qarshi bo'lib o'tadi. Dubay shahrining ushbu klubi oxirgi yillarda mavqeini mustahkamlab, sovrinlarni qo'lga kiritib kelmoqda.

“Paxtakor” mazkur o'yinga tayyorgarlik doirasida Toshkent va BAAning Abu Dabi amirligida o'tgan yig'in, shuningdek, nazorat uchrashuvlari o'tkazdi. BAAdagi yig'inda “Rostov” (1:1), “Jilina” (0:0) va “Suvon Samsung” (1:0) bilan bellashuvlar tashkil etildi. “SHabab Al Ahli” esa BAA chempionati uchrashuvlarida maydonga tushdi.

“SHerlar” bu raqibga qarshi 6 uchrashuvda maydonga tushgan. Ulardan ikkitasi “SHabab” va to'rttasi “Ahli”ga qarshi o'tkazilgan. Hozirgi jamoa ushbu klublar, shuningdek, “Dubay” jamoasi birlashuvidan tashkil topgan. “SHabab” bilan 1:0 va 1:2 hisoblari qayd etilgan. “Ahli” esa 3:2, 1:0, 2:1 va 2:0 hisoblarida dog'da qoldirilgan. Demak, umumiy hisobda 6 bahsdan 5tasida "Paxtakor" ustun kelgan. Raqib darvozasiga 10 to'p kiritilib, 5 gol o'tkazib yuborilgan.

O'yinni jamoalardan diskvalifikaciya sababli o'tkazib yuborishga majbur futbolchilar mavjud emas.

"Paxtakor" OCHLga "zayavka"sini elon qildi        


bellashuvini iordaniyalik hakamlar boshqaradigan bo'ldi. Bosh hakam sifatida Adham Muhammad Tuma Mahadmeh ishlaydi. Ushbu referi o'tgan yili Eronda “Persepolis”ga qarshi kechgan bahsni boshqarib borgan. O'shanda 1:1 natijasi qayd etilgandi. Mahadmeh “Paxtakor” ishtirokidagi boshqa o'yinlarda hakamlik qilmagan.

Uchrashuv komissari sifatida koreyalik No Jin Kyun tayinlangan bo'lsa, hakamlar nazoratchisi Kuvaytdan Saad Komil Alfadhli bo'ladi.

“PAXTAKOR” – “SHABAB AL AHLI”
10 fevral 2020 yil. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 16:00
Hakamlar
: Adham Muhammad Tuma Mahadmeh, Ahmad Moannes Nadi, Muhammad Mustafo Hassan (barchasi Iordaniya), Sayyodjon Zaynidddinov (Tojikiston).
Hakamlar nazoratchisi: Saad Komil Alfadhli (Kuvayt).
Komissar: No Jin Kyun (Koreya).

Jaloliddin Masharipov: “OCHLda biz raqiblardan emas, raqiblar bizdan qo'rqishsin" 


"Paxtakor"ning BAA klublari bilan o'yinlari statistikasi

CHempionlar Ligasida "Paxtakor" BAA jamoalariga qarshi 17 uchrashuvda maydonga tushgan.

17 bellashuvning 11tasida "SHerlar" g'alaba qozonib, 3tadan o'yinda durang va raqiblar muvaffaqiyati kuzatilgan. 29 to'p kiritgan "Paxtakor" o'z darvozasidan 15 gol o'tkazib yuborgan. Toshkentda o'tgan 8 bahsning 5tasida "sherlar" zafar quchgan, bir durang va ikki mag'lubiyat qayd etilgan. Safardagi 9 bahsda ham "Paxtakor" ijobiy ko'rsatkichlar qayd etgan: 6 g'alaba, 2 durang va 1 mag'lubiyat. "Paxtakor" BAA klublariga qarshi to'qnashuvlarda o'ziga xos ijobiy tajribaga ega deb aytish mumkin.

"Paxtakor"hozirga qadar BAA klublaridan "Ahli", "Vahda", "Ayn", "Baniyas", "SHabab", "Jazira" va "Nasr"ga qarshi uchrashuvlar bo'lib o'tgan. "Ahli" va "SHabab" birlashishidan avval o'tkazilgan bahslarda "Paxtakor" 6 uchrashuvdan 5tasida zafar quchib, bir bor mag'lubiyatga uchragan.

"Al Ahli": 3:2, 1:0, 2:0, 2:1
"Al Vahda": 4:0, 1:1
"Al Ayn": 1:0, 3:2, 0:1, 1:1
"Baniyas": 1:1, 0:2
"Al SHabab": 1:0, 1:2
"Al Jazira": 3:1, 3:0
"Al Nasr": 2:1

SHota Arveladze: “OCHLda minimum vazifa - guruhdan chiqish”    

Rodolfo Arrubarena: “G'aniev yaxshi futbolchi, lekin...”         



Ushbu uchrashuv oldidan o'tkazilgan mitingda jamoalarning ertangi o'yinda harakat qiladigan liboslari rangi malum qilindi. Unga ko'ra, "Paxtakor" sariq-ko'k rangli liboslarda o'ynasa, mehmon "SHabab Al-Ahli" yashil rangli liboslarda o'ynaydi. 


Foto.Aziz G'aniev hamda "SHabab Al-Ahli" "Paxtakor" stadionida o'yinoldi rasmiy mashg'ulotini o'tkazdi GALEREYA         

Foto. "SHabab Al-Ahli"ga qarshi o'yindan oldin "Paxtakor" rasmiy mashg'ulot o'tkazdi GALEREYA

Pakhtakor Tashkent

Jaloliddin Masharipov - 18', Dragan Ceran - 70'

AFC Champions League Grp. B . 1-tur

10/02/2020, 16:00

1
:
2
Tugadi

Shabab Al-Ahli Dubai FC

Pedro Conde - 67'

45'
90'
18'  Jaloliddin Masharipov
56'  Sardor Sabirkhodjaev
61'  Odildzhon Khamrobekov
70'  Dragan Ceran
73'  Igor Sergeev (Eren Derdiyok)
81'  Sherzod Azamov (Anzur Ismailov)
90'  Farrukh Sayfiev (Vladimir Kozak)
42'  Pedro Conde
67'  Pedro Conde
73'  Ismail Al Hamadi (Ahmed Khalil)
74'  Azizjon Ganiev (Harib Abdalla Suhail)
84'  Majed Hassan (Eid Khamis Eid)

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика