So’nggi yangiliklar

09:23Россиялик ҳужумчи иккинчи даврани Ўзбекистонда ўтказиши мумкин  1 08:55He we go! “Реал“ яна бир футболчи билан келишувга эришди  4 08:26“Насаф“нинг яна бир етакчиси легионерга айланиши мумкин  1 07:57“Пахтакор“ ҳужумчиси иккинчи даврани “Динамо“да ўтказади  1 07:34Элдор Шомуродов хайрлашув хатини ёзди  7 01:34"Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга яқин  1 01:08Расман: Элдор Шомуродов - "Истанбул Башакшеҳир" футболчиси!  12 00:59Тео Эрнандес: "Милан" мен учун энг асосийси эди, сўнгги пайтдаги чиқарилган қарорлар мени шу ерга етаклади"  5 00:25"Атлетик" футболчиси Альварес футболдан четлатилди  1 23:53Скотт Мактомини: "Неаполдаги ҳаёт умуман бошқача"  3 23:25Қирғиз Республикаси термаси собиқ бош мураббийи "Алга"ни бошқаради  0 22:42А Серия учрашуви Австралияда ўтказилиши мумкин  0 22:16"Милан" ва "Вулверхэмптон" Олимпиадада Ўзбекистонга гол урган футболчига қизиқмоқда  6 21:50Чиро Иммобиле "Болонья"га ўтди  0 21:21Кунья 10-рақам ҳақида: "Бу мени ғурурлантиради"  1

Buffon "Yuve" bilan xayrlashdi. Barcha yig'ladi FOTO Yangiliklar

Buffon "Yuve" bilan xayrlashdi. Barcha yig'ladi FOTO

Kecha "Yuventus" tarkibida 17 yil faoliyat olib borgan Janluiji Buffon sevimli jamoasi bilan xayrlashdi.

A seriyani tark etgan "Verona" Turindagi bayramga xalaqit bermadi, mezbonlar 2:1 hisobida g'alaba qozondi. "Yuventus" tarkibida ushbu o'yin Buffon uchun 657 uchrashuv bo'ldi. Klub ushbu o'yin uchun engida UN1CO xeshtegi tushirilgan maxsus libos tayyorladi. UN1CO Italiancha so'z bo'lib yagona, noyob degani.


Jiji mashg'ulot vaqtida tribuna tomon bordi.


Darvozabon o'g'illari Luis Tomas, Devid Li va Leopold bilan maydonga chiqib keldi.


Uchrashuvga hushtak chalinishidan bir necha sekund avval Buffon o'ziga yaqin bo'lgan tribunaga kelib tazim qildi


Uchrashuvning boshlanganidan bir soat o'tib Massimiliano Allegri Jiji uchun shohona hayrlashuv uyushtirib berdi. Buffon 2:0 hisobi bo'lib turgan paytda zaxiraga olindi. Buffon "Yuventus" tarkibida 302 daqiqa quruq o'yin o'tkazib klub bilan xayrlashdi.


Darvozabon "Yuve" va "Verona" futbolchilarining barchasi bilan quchoqlashib xayrlashdi. Klub xodimlari Buffon uchun hayrlashuv yo'lakchasi tashkil etib berdi.


Buffon maydonni jamoa sardori sifatida tark etdi: Buffon ikkinchi sardorlik bog'ichi getrasining ichidan olib Klaudio Markizioga taqdim etdi.


Devid Li tribunada turib baqirib yig'ladi.


Stadionga tashrif buyurgan ko'plab "Yuventus" muxlislari ko'z yoshini tiyib tura olmadi.


Vip-sektorda o'tirgan mehmonlar ko'z yoshlarini ko'zoynaklari bilan berkitishdi. Jiji ular bilan tez-tez ko'rishib turardi. Muxlislar ko'z yoshini ko'rgan Buffon ham o'zining ko'z yoshlarini tiya olmadi.


Qolgan yarim soat ichida ko'pchilik bor etiborini maydonga qaratdi: Bu safar Buffon tribuna bo'ylad yurib bordi. Unga yaqin bo'lgan muxlislarni Buffon quchoqlab oldi.


Keyin esa  ketma-ket ettinchi bor qo'lga kiritilgan navbatdagi skudettoni nishonladi.


40 yoshli darvozabon faoliyatini yakunlaydiganga o'xshamaydi. Hozirgi kunda  Buffonga ko'plab top klublar qiziqish bildirishmoqda. PSJ darvozabonga maxsus taklif qilgani  bilan ajralib turibdi. Parijliklar Buffonga ikki yillik shartnoma, asosiy tarkibda maydonga tushish va sardorlik bog'ichini kafolat qilmoqda. Buffon faoliyatini davom ettiradimi yoki yo'q, shu kunlardaa bilib olamiz.


Sports.ru saytidan Jahongir Sotvoldiev tarjimasi

Reyting: +97   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика