Buffon: "Xalqaro futboldagi birinchi qoida - o'zingni ayama"
11 noy 2017 16:28
Yangiliklar
Buffon: "Xalqaro futboldagi birinchi qoida - o'zingni ayama"
"Yuventus" va Italiya terma jamoasi darvozaboni Janluiji Buffon JCH-2018 saralash pley-off birinchi uchrashuvida SHveciyadan uchralgan mag'lubiyat (0:1)dan keyin fikrlarini bildirib o'tdi.
"Mag'lubiyatga uchraganimizni bilamiz, lekin bizda og'ir vaziyatdan chiqib ketish uchun yana 90 daqiqa vaqt bor. Xalqaro futboldagi birinchi qoida - o'zingni ayama. Ko'p muammolar bo'ldi, lekin barchasi joyida. Hakam inglizcha uslubda ishladi, kurashishga imkon berdi, lekin ikkinchi o'yinda hakamlar qo'polliklarga xushtak chalishadi deb umid qilamiz.
Biz g'alabaga ishonishimiz kerak, aks holda biz hozirdanoq yutqazib bo'lgan bo'lamiz. O'yin taqdirini epizodlar hal etadi va hozir detallarni tahlil qilishga kuch sarflashdan mano yo'q. Qochishimiz kerak bo'lgan yagona narsa, bizga shunchaki omad kelmadi degan fikrdan qochishimiz kerak", - dedi Buffon.
Fikrlar