Buffon: "Real" - dunyoning eng yaxshi jamoasi, biroq biz oxirigacha kurashamiz"

Aslanov Jasurbek
2 apr 2018, 15:25
"Yuventus" darvozaboni Janluiji Buffon "Real"ga qarshi bo'lib o'tadigan Chempionlar ligasi o'yini haqida fikr bildirdi.

"Real"ni mag'lub etish uchun biz eng yaxshi sifatlarimizni ko'rsatishimiz kerak, murabbiy shunday qilishga urinib ko'radi. "Real" - "Yuventus"dan muvaffaqiyatliroq jamoa. Buni tarix va statistika aytib turibdi.

Chempionlar ligasida g'olib bo'lish - orzuimiz, ammo uni amalga oshirish juda qiyin bo'ladi. "Real"ga qarshi kurasha olamiz, ammo ular doimo boshqalardan ajralib turadigan jihatini ko'rsatishadi.

Ular - dunyoning eng yaxshi jamoasi, xatto biroz zaxirasi bilan. Kimdir bunga shubha qiladimi? So'nggi to'rt yil ichida 3 marta Chempionlar ligasi g'olibi bo'lishning o'zi klubning buyukligi haqida aytib turibdi.

"Real" favorit bo'lishiga qaramay "Yuve" ham sovrinlar yutishga qodir. Oxirigacha kurashamiz" - deydi Buffon.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia