Buffon qaysi klublarning taklifini rad etgani malum bo'ldi
15 iyu 2021 13:06
Yangiliklar
Buffon qaysi klublarning taklifini rad etgani malum bo'ldi
Tajribali italiyalik darvozabon Janluiji Buffon ko'plab klublarning takliflarini rad etdi.
Jurnalist Nikolo Skiraning malumotiga ko'ra, 43 yoshli darvozabonni Lissabonning "Sporting" va Istanbulning "Beshiktosh" klublari taklif qilishgan edi.
Janluiji shuningdek rus va grek klublaridan taklif oldi. JiJi "Parma"ga qaytish uchun barcha takliflarni rad etdi. Darvozabon italyan klubi bilan 2 yillik shartnoma imzolaydi.
Eslatib o'tamiz, Buffon 2020/21 yilgi mavsum so'nggida "Yuventus"dan ketdi va ayni damda erkin agent maqomida.
Fikrlar