Buffon Balotellini Italiya terma jamoasida ko'rmoqchi
16 may 2019 17:30
Yangiliklar


Buffon Balotellini Italiya terma jamoasida ko'rmoqchi
PSJ posboni Janluiji Buffon Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchiniga murojaat qilib, "Marsel"da to'p tepayotgan Mario Balotellini milliy jamoaga chaqirishni so'radi.
"Marioning "Marsel"dagi ishlari yaxshi. U terma jamoaga juda mos. Franciya chempionati kuchli emas deyishadi. Bu liga taktika borasida kuchli emasdir, ammo ushbu musobaqa texnika va jismoniy holat bo'yicha ancha sifatli. PSJdan tashqari "Lill" va "Lion" ham A Seriyada kuchli beshlikka kirgan bo'lardi" - deydi Buffon.
Balotelli joriy mavsum Liga 1ning 24ta uchrashuvida maydonga tushib, 8ta gol urdi va 1ta golli pas berdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar