Bu safar durang ko'ramizmi? - A Seriya 2-tur prevyusi
20 avg 2022 13:00
Yangiliklar
Bu safar durang ko'ramizmi? - A Seriya 2-tur prevyusi
"Torino" - "Lacio"
Aleksey Miranchukning jarohati Ivan Yurich uchun yomon yangilik bo'lgani turgan gap. Balki hujumchi ortida o'ynashni xush ko'radigan Nikola Vlashichni asosiy tarkibda ko'rarmiz?! Ammo "Torino"da yaxshi yangilik ham yo'q emas. Jamoa sardori Sasha Lukich barcha muammolarini hal qilgan va o'ynashga tayyorga o'xshaydi. "Lacio" darvozasini yana Provedel himoya qiladi. Boshqa nuqtalarda esa Sarridan syurprizlar kutmasak bo'laveradi. Luis Alberto va Pedro hozircha yaxshi sport formasida emas, shuning uchun, bahsni zaxirada boshlashadi.
O'tgan safar jamoalar durangga rozi bo'lishgan — 1:1. Umuman olganda, ushbu klublarning oxirgi uch o'yini durang bilan tugagan. Bu safar esa mutaxassislar "burgutlar" imkoniyatini yuqoriroq baholashmoqda. CHindan ham "Torino" hali tarkib jihatidan ham, o'yin borasida ham o'zining maksimumini topib ulgurmagandek... "Lacio" esa bu borada ancha yaxshi ko'rinmoqda.
Torino |
Serie A . 2-tur 20/08/2022, 22:30 0
:
0
Tugadi
|
Lazio |
Stadion: Stadio Olimpico Grande Torino, 16530 tomoshabin
Bosh hakam: Marco Piccinini
"Inter" - "Speciya"
Genrix Mxitaryan va Danilo D` Ambrozio jarohatlangan. SHuning uchun, ular jamoaga yordam bera olishmaydi. O'tgan uchrashuvning asosiy qaxramoni Dumfris asosiy tarkibda tushishi mumkin. Boshqa poziciyalarda esa kutilmagan qarorni guvohi bo'lmasak ajabmas. "Speciya"da esa muammolar etarlicha. Jamoa uchun eng yomoni, hujumdagi asosiy umid, Verde jarohatlangan. Uning yo'qligini Strelich bildirmaslikka urinib ko'radi. Verdedan tashqari lazaretda shu qadar o'yinchi ko'pki, optimal tarkib tanlashning o'zi bir muammo bo'ladi.
Avvalgi bahsda "Inter" safarda "Speciya"ni ancha oson (3:1) taslim qilgan. Milanliklar bu safar ham yaqqol favoritligi hech kimga sir emas. Jamoa yaxshi sport formasida va chempionatni yaxshi boshlash uchun astoydil harakat qiladi. "Speciya"ning muammolarini inobatga olsak, jamoa ancha qiynalishi turgan gap.
Inter Lautaro Martinez - 35', Hakan Calhanoglu - 52', Joaquin Correa - 82' |
Serie A . 2-tur 21/08/2022, 00:45 0
:
3
Tugadi
|
Spezia |
Stadion: Giuseppe Meazza, 71212 tomoshabin
Bosh hakam: Davide Ghersini
"Napoli" - "Monca"
Bir hafta ichida "Napoli"ga Ndombele, Jovanni Simeone va Raspadori kelib qo'shildi, ammo ularni asosiy tarkibda ko'rmasak kerak. Spalletti katta ehtimol g'alaba qozongan tarkibni o'zgartirmaydi. Ustiga-ustak buning barchasi "Verona"ga qarshi o'yinda ajoyib ishladi. "Monca"ga keladigan bo'lsak, Karlos Augustoning maydonga tushishi so'roq ostida. U "Torino"ga qarshi bahsda kichik jarohat olgandi. SHuningdek, mehmonlarga himoyachi Davide Bitella yordam bera olmaydi. SHu sababli, murabbiy himoya borasida bosh qotirishiga to'g'ri keladi.
Jamoalarning avvalgi to'qnashuvi 2000 yilda bo'lib o'tgan. U paytlar "Napoli" B Seriyada ishtirok etardi. O'sha uchrashuv 2:2 hisobida durang bilan yakunlangan, "Napoli" esa keyinroq A Seriyaga yo'llanmani qo'lga kiritgan. Hozir esa neapolliklar yaqqol favorit. "Monca" birinchi turda yomon taassurot qoldirmadi, ammo jamoalar darajasi turlicha.
SSC Napoli Khvicha Kvaratskhelia - 35', Victor Osimhen - 45', Khvicha Kvaratskhelia - 62', Min-Jae Kim - 90' |
Serie A . 2-tur 21/08/2022, 22:30 0
:
4
Tugadi
|
Monza |
Stadion: Diego Armando Maradona, 36559 tomoshabin
Bosh hakam: Francesco Fourneau
"Atalanta" - "Milan"
Gasperini amaldagi chempion bilan o'yindan oldin tarkib borasida muammolarga duch kelgan. Uchrashuvda Demiral va Zappakostaning ishtirok etishi juda katta so'roq ostida qolgan. Bu esa himoya chizig'iga jiddiy zarba. Hujumda esa yana Muriel va Sapata juftligini ko'rsak kerak. Malinovskiy esa klubdan ketishi mumkin va shu sababli, u maydonga tushmasligi mumkin. "Milan"da Sandro Tonalli to'liq tuzalib ulguramagan va jamoadoshlariga yordam bera olmasligi mumkin. Uning joyini yana Krunich egallashi talab qilinadi. Mushaklari bilan muammo sabab Olive Jiru ham maydonga tushmasligi mumkin.
O'tgan safar "Milan" "Atalanta"ni 2:0 hisobida taslim etgan va skudetto yo'lida katta qadam tashlagandi. Bu safar ham bahs Bergamo bo'lishiga qaramay, favorit baribir — Milan klubi. "Atalanta"ning deyarli har bir chizig'ida qandaydir muammolar bor bir paytda, Pioli jamoasi ancha tayyor va jipslashgandek tasavvur uyg'otmoqda.
Atalanta Ruslan Malinovsky - 29' |
Serie A . 2-tur 22/08/2022, 00:45 1
:
1
Tugadi
|
AC Milan Ismael Bennacer - 68' |
Stadion: Gewiss Stadium, 19216 tomoshabin
Bosh hakam: Fabio Maresca
"Sampdoriya" - "Yuventus"
Avvalroq Jampaolo va hujumchi Kaputo o'rtasida kelishmovchilik borligi, futbolchi o'zining alishtirilganidan juda qattiq ranjigani hamda noroziligini yashirib o'tirmagani aytilgandi. Ko'ramiz, bu safar u asosiy tarkibda o'yinni boshlarmikan?! Kvalyarella esa o'yin startini zaxira o'rindig'idan tomosha qilsa ajabmas. "Yuventus" haqida gapiradigan bo'lsak, Afsuski, Anxel Di Mariya 10 kunga safdan chiqqan, Vlaxovichning yonida shu sabab diskvalifikaciyasi ortda qolgan Kin harakat qilsa kerak. CHap qanotda esa avvalgi o'yinda zaxiradan tushirilgan, boshqa bir yangi futbolchi, Kostichni ko'rishimiz mumkin.
Ushbu raqiblar so'nggi bor to'qnash kelganida, "Yuventus" 3:1 hisobidagi ishonchli g'alabani rasmiylashtirgandi. Bu safar ham "keksa sinora" favorit. "Sampdoriya" birinchi turda u qadar hayratda qoldira olmadi, "Yuventus" esa qator jarohatlarga qaramay, tomoshabop futbol namoyish etib berdi. SHu o'rinda, "byankoneri" daraja bobida ham sezilarli ustunlikka egaligini yana bir bor eslatish shart bo'lmasa kerak.
Sampdoria |
Serie A . 2-tur 23/08/2022, 00:45 0
:
0
Tugadi
|
Juventus |
Stadion: Stadio Luigi Ferraris, 27573 tomoshabin
Bosh hakam: Rosario Abisso
Sergey Rumyancev
Fikrlar