So’nggi yangiliklar

17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  0 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  1 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  0 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  1 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  3 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4 13:38"Манчестер Юнайтед" янги ярим ҳимоячи топди  0 12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  6 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  1 12:03Роҳатижон  11 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1

Bu qiziq. "Paxtakor" o'yiniga 1 soat 43 daqiqaga kech qolgan Alimov Yangiliklar

Bu qiziq. "Paxtakor" o'yiniga 1 soat 43 daqiqaga kech qolgan Alimov

1962 yilgi mavsum oxirida Toshkentda Paxtakor va Kievning Dinamo jamoalari o'rtasida chempionat o'yini o'tkazilgan.

Uchrashuvni tomosha qilish uchun 60 ming ishqiboz tashrif buyurgan. Bahsga hamma narsa tayyor edi, faqat hakamdan tashqari.

Bellashuvga moskvalik Sergey Alimov tayinlangandi, ammo noqulay ob-havo tufayli u Moskva aeroportida bir sutkadan ko'proq o'tirgan. Samolyotga o'tirar ekan, kech qolganini bilgan Alimovni bir narsa o'ylantirardi: «Kutishadimi yoki yo'qmi?».

Stadion esa kutardi. "Paxtakor"da o'tirganlardan hech kim tunni uxlamasdan o'tkazgan hakamga samolyotdayoq kiyimni almashtirib olish haqida aytilganini bilmasdi. Alimov samolyotning o'zida kiyimini almashtirib oladi.

«Volga» avtomobili hakamni samolyot trapidan to'g'ri stadionga etkazib keladi. O'yin 1 soat 43 daqiqa kechikib boshlanadi. O'shanda "Paxtakor" bellashuv yakunida Yuriy Belyakov tomonidan kiritilgan yagona gol evaziga g'alaba qozongan. Hakam esa uyqusiz tunga qaramay, o'yinni juda yaxshi boshqarib borgan.


Reyting: +55   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика