So’nggi yangiliklar

07:31Дилшод Жўраев: "Хоразм"нинг Суперлигада ўйнашига охиригача ишонгандик"  0 03:20Испания Кубоги. "Барселона" чорак финалда қийинчилик кўрмади, Торрес собиқ жамоасини аямади  60 02:57"Ливерпуль" катта қийинчиликсиз Англия Лига Кубоги финалига йўл олди  4 02:32А Серия. "Интер" қолдирилган ўйинда йирик ҳисобда ютқазди  1 00:56Моуринью футбол тарихидаги энг зўр уч футболчи номини айтди  23 00:21Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод" Карим Бенземанинг 90+6-дақиқадаги голи эвазига ғалабага эришди  1 23:54"Манчестер Юнайтед" ҳужумчисига А Серия клублари даъвогар  0 23:25ЕЧЛ форматида яна ўзгариш бўлиши мумкин  2 22:55Жозе Фонте: "Роналду мингта гол ура олади"  2 22:29Назорат ўйини. "Бухоро" Қозоғистон жамоасини ишончли ҳисобда доғда қолдирди  4 21:59ЎФА "Нефтчи", "Навбаҳор" ва "Сўғдиёна"га қарзларни бартараф қилиши учун муддат белгилади  5 21:23Назорат ўйини. "Сурхон" Сербия клуби дарвозасига 4та гол урди  10 21:05Назорат ўйини. "Навбаҳор" Хитой жамоасидан устун келди  4 20:4239 ёшли Модрич яна бир йил "Реал"да қолмоқчи  12 20:25Назорат ўйини. "Насаф" Грузия жамоасига 4та гол урди  18

Bu qiziq. “Metallurg” – “Nasaf” uchrashuvida yana Zokir Qodirov ishlaydi Yangiliklar

Bu qiziq. “Metallurg” – “Nasaf” uchrashuvida yana Zokir Qodirov ishlaydi

Teglar :  MetallurgNasaf
Oliy liganing 9-turida "Metallurg" - "Nasaf" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Ushbu uchrashuv Bekobodda “O'zbekiston Respublikasi tog' va metallurgiya sanoati ishchisi kuni” keng nishonlanishi munosabati bilan 16 may kuniga ko'chirilgandi.

Mazkur uchrashuvni navoiylik Zokir Qodirov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib borishi malum bo'ldi. Unga qanotlarda poytaxtlik Ravil SHoyaxmetov hamda Nabijon Ro'zievlar yordam berishadi. O'rinbosarlar uchrashuvida bosh hakam bo'lib ishlagan Rustam Lutfulin esa asosiy tarkiblar o'yinida zahira hakami vazifasini bajaradi.

SHu o'rinda uchrashuv bosh hakami Zokir Qodirov o'tgan mavsum madanchilarning “Nasaf”ga qarshi o'tkazilgan har ikkala uchrashuvida ishlaganligini aytib o'tish lozim. Bu tasoddifmi yoki atayinmi, bilmadik, har holda 2016 yilgi chempionatning “Metallurg” – “Nasaf” birinchi to'qnashuvini ham navoiylik hakam boshqaradigan bo'ldi. yana bir qiziq jihati, o'tgan mavsum tomonlar safar uchrashuvlarida kichik hisobda zafar quchishgandi. Qarshida uchrashuvning 5-daqiqasida Ayubxon No'monov tomonidan kiritilgan gol o'yin taqdirini hal etgan bo'lsa, Bekoboddagi o'yinda Artur Gevorkyanning goli yagonaligicha qolgandi. Bundan tashqari Zokir Qodirov 2015 yilgi mavsumda “Metallurg”ning 1-turdagi “Lokomotiv”ga (0:0) qarshi va 30-turida “SHo'rtan”ga (1:0) qarshi kechgan uchrashuvlarida ham faoliyat yuritgan.

 
16 may (dushanba)
Metallurg (Bekobod) – Nasaf (Qarshi)
Hakamlar
: Z. Qodirov (Navoiy), R. SHoyaxmetov (Toshkent), N. Ro'zimov (Toshkent), R. Lutfulin (Toshkent)
Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).


"Metallurg" matbuot xizmati

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика