So’nggi yangiliklar

14:48Эшитдик-да! Ўзбекистон терма жамоасининг CAFA мусобақаси учун таркибини Кападзенинг ўзи йиғади  0 14:28Breaking! Асилбек Жумаевга Европадан қизиқиш бор  4 14:07"Манчестер Сити" етакчиларидан бирига янги шартнома таклиф қилади  0 13:38Неймар футбол тарихидаги энг яхши ярим ҳимоячи кимлигини айтди  2 13:09"Ньюкасл" бош мураббийи Исак билан боғлиқ ҳолатга изоҳ берди  0 12:41"Милан" Яшари трансферини ҳал қилди  0 12:13"Нефтчи" футболчисини четлатиш, "Сурхон" дарвозасига эса пенальти белгилаш керак эди – 16-турдаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  3 11:45ЦСКА Файзуллаев учун тўлиқ тўловни кутмоқда  2 11:14Россия ЖЧ иштирокчиси Иордания терма жамоасига қарши ўртоқлик учрашуви ўтказади  9 10:40Саудия жамоалари МЮ тарбияланчисига 80 миллион евро тўлашга тайёр  2 10:03"Интер" тўпурар ҳужумчи билан шартнома имзолашга яқин  0 09:30Луис Диаснинг "Бавария"га ўтганидан сўнг ойлиги 4 бараварга ошди  6 08:57"Манчестер Сити" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  1 08:35Европанинг машҳур клуби Неймар билан шартнома имзоламоқчи  3 08:03Аутсайдерлар баҳсида "Сантос" ғалаба қозонди. Неймардан дубль  1

Bu yil birinchi ligada kimlar qatnashadi? Yangiliklar

Bu yil birinchi ligada kimlar qatnashadi?

Hademay yurtimizda milliy chempionatimiz ham start oladi.
Rejaga ko'ra 15 mart kuni oliy liga o'yinlariga start berilsa, taxminan apreldan birinchi liga boshlanadi. Ochig'ini aytganda, bu yilgi birinchi liga qay tarzda o'tishi bugungi kunda barchani birdek qiziqtirmoqda. PFL yana eski tizim – klublarni “SHarq”, “G'arb” mintaqasiga ajratgan holda chempionat tashkil etadimi yoki yangicha tizimga o'tiladimi (masalan xuddi oliy ligadek)?

O'zbekiston futbol federaciyasi prezidenti Mirabror Usmonov aytib o'tganidek, kuchli milliy terma jamoani shakllantirishdan oldin avvalo ichki chempionatni kuchaytirish va uni to'g'ri yo'lga solish kerak. Xo'sh, bu yil PFL mutasaddilari birinchi ligaga bo'lgan qiziqishni oshirish uchun nimadir ishlab chiqqanmi? Yoki unda ishtirok etadigan jamoalar o'rtasida qizg'in kurash kechishi uchun qandaydir yangiliklarga qo'l uradimi? Buni mavsum ko'rsatadi.

Maqolaning asl mohiyatiga keladigan bo'lsak. Bu yil birinchi ligada nechta jamoa ishtirok etadi? Bu borada viloyatdagi jamoalar mutasaddilariga murojaat qilib, ularning chempionatda ishtirok etishini bilishga harakat qildik. Afsuski ayrim jamoa vakillari tayinli javob bermadi. CHunki ularning o'zlari ham chempionatda qatnashishini hanuzgacha bilmaydi. Hammasi mavhumligacha qolmoqda. Lekin chiqmagan jondan umidqilyapti. Qiziq, chempionatda ishtirok etishi borasida aniq bilmasada ular yig'inga kirishib tayyogarlik ko'rayotganini aytishmoqda. Agarda PFL ruxsat berib, o'sha jamoa rahbariyati kerakli pularni topib bersa, ishtirok etiladi. Aks xolda jamoa nimabo'lishini hech kim bilmaydi. Qisqacha aytganda, jamoalar oldida aniq maqsad va dastur yo'q.

PFL bosh direktori Farhod Magometov o'z chiqishlarining birida 2014 yil birinchi ligada farm-klublari shtirok etmasligi haqida aytib o'tgandi. Bu to'g'ri qaror bo'ladi, agarda shunga amal qilinsa. CHunki oxirgi paytlarda farm-klublarning soni ko'payib ketmoqda. Ular oliy ligaga chiqish uchun jiddiy kurashmaganidan keyin qanday qilib saviyani oshirish mumkin?! Farhod Abdualievichning gaplariga qaramay, ayrim jamoalarning farm-klublari bu yil ham birinchi ligada ishtirok etishdan umidvor bo'lib, astoydil tayyorgarlik ko'rayotganiga guvoh bo'lmoqdamiz. Ko'ramiz farm-klublar bu vaziyatni qay tarzda hal etarkin.

Farm-klublarni tayyorgarlik ko'rayotganini bilgan viloyatdagi ayrim klublar garchi pulkada yo'llanmani qo'lga kirita olmagan bo'lsada, ular ham joriy mavsum birinchilikda qatnashishga umid qilib yashamoqda. Hozir jamoa tuzish shunchalik oson bo'lib qoldiki, bir haftada tashkil etish mumkin. Faqat pul bo'lsa bo'ldi. PFL ham puli yo'q, “Orol”dan ko'ra, puli bor Toshkentning boshqa jamoasini ishtirok etishiga ruxsat bermoqda. Biz bu erda “Orol”ni faqat misol tariqasida keltirib o'tdik. Uning o'rnida “Surxon”yoki boshqa jamoalar bo'lishi ham mumkin.

Xullas “SHarq” mintaqasida ishtirok etishga tayyor bo'lgan klublar soni ko'pchilikni tashkil qilmoqda. Bu albatta kishini xursand etadi. Biroq “g'arb”da hammasi tinch. Extimol PFL mutasaddilari bu yil “g'arb” mintaqasida kemtiklikni poytaxt jamoalari evaziga to'ldirib yuborar. Yana kim biladi deysiz... Bu kabi savollarga 21 fevral, juma kuni O'FFda bo'lib o'tadigan qura tashlash marosimida javob olamiz.

Islombek Rustambekov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика