Brunu Fernandeshning transferi omadsizlikka uchradi. U MYUga o'tmaydi

Eldor Akmurzayev
23 yanv 2020, 22:05
“Sporting” yarim himoyachisi Brunu Fernendesh qishda “Manchester Yunayted” futbolchisiga aylanmaydi. Uning transferi muvaffaqiyatsizlikka uchradi, deya ma'lum qilgan “The Sun”.

"Qizil iblislar” rahbariyati “Sporting”ning moliyaviy ehtiyojini qondira olmagan. O'z navbatida, Fernandesh vaziyatning bunday ko'rinish olishi maqul kelmagani aytilmoqda. 

Lissabonliklar xavbek narxini 80 mln. evroga baholadi. MYU esa 25 yoshli portugaliyalik futbolchining transferiga ko'pi bilan 60 mln. ajratmoqchi edi. 

Avvalroq, manchesterliklar Fernandeshning o'rniga "Inter" yarim himoyachisi Matias Vesinoning nomzodini ko'rib chiqayotgani haqida xabar bergandik

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: The Sun