Brunu Fernandesh: "Manchester Yunayted"ning tarixi g'alabalar bilan qurilgan"
02 fev 2021 23:14
Yangiliklar


Brunu Fernandesh: "Manchester Yunayted"ning tarixi g'alabalar bilan qurilgan"
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh mankunianliklarning o'yinlari haqida gapirdi.
"Arsenal" bilan o'yinda durangni istamagan edik. Biroq rivojlanishda davom etyapmiz.
Ko'ksimda "Manchester Yunayted" ramzi tushirilgan libosda o'ynashdan g'ururlanaman. Bu klubning tarixi g'alabalar bilan qurilgan. Bu erga g'alabalarning bardavomligini saqlab qolish uchun kelganman. Yuqori natijalarga erishmaguncha, to'xtamayman.
Bizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarga rahmat aytaman. Umid qilamanki, hamjihatligimiz uzoq vaqt davom etadi", - dedi Fernandesh.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar