So’nggi yangiliklar

12:36Роналдунинг собиқ термадоши "Ал Насср" бош мураббийи бўлиши мумкин  1 12:09Самарқанд футболида қайта уйғониш даври: Абрамов қурган “Динамо” ҳақида  4 11:53Абдуқодир Ҳусанов – Осиёнинг энг қиммат футболчиларидан бири!  13 11:25АПЛ. Янги мавсум илк турининг марказий учрашуви Манчестерда бўлиб ўтади  4 11:21Бугун Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Боливия билан ўйнайди  5 10:39“Реал“ етакчиси билан шартномани узайтириш бўйича келишувга эришди  0 10:08“Ал Ҳилол“ “Милан“ футболчиси билан келишувга эришди  2 09:37Алонсо “Реал“даги дебютидан сўнг нималар деди?  21 09:05ЦСКАда мураббийлар алмашинуви. Энди Файзуллаевнинг ЦСКАдаги фаолияти қандай кечади?  8 08:35Пеп Гвардиола: “Бундай шароит ҳеч кимга тўғри келмайди“  2 08:03Шомуродов Туркиянинг қайси жамоаси билан музокара олиб боргани маълум  19 07:59Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Ювентус" "Ал Айн"га ҳеч қандай имконият қолдирмади  3 07:33Суперлига. Бугун 13-турга старт берилади  1 07:04Об-ҳаво сабабли 30 дақиқа учрашувда тўхталиш бўлган “Пачука“ — “Ред Булл Зальцбург“ учрашуви якунланди  0 04:24Илёс Зейтуллаев: "Бу кетишда италияликлар бизга эмас, ўзбек футболчилари Европага боришади"  4

Bruno Garsiya: "O'zbekistonga barchasi uchun rahmat" Yangiliklar

Bruno Garsiya: "O'zbekistonga barchasi uchun rahmat"

Teglar :  VetnamGarsiyaFutzal
Vetnam bosh murabbiyi Bruno Garsiya Tailandga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
“Turinirning eng oxirgi kuni, o'z maqsadimizga erishdik. Biz Jahon chempionatiga boramiz. Afsuski oxirgi ikki o'yinda Eron va Tailandga yutqazib qo'ydik. Bu bahslarda muxlislarimizni xafa qildik. Bugungi o'yinga kelsak 0:3 bo'lib turganida bizning o'yinchi darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib ketdi, ammo hakamlar xato qilishdi va o'yinni to'xtatishdi. Eron, Tailandga qarshi bahslarda imkoniyatlarni yaratish juda qiyin, bugun biz ulardan foydalana olmadik”, - deydi Bruno Garsiya.

- Bu musobaqadan nimalar oldingiz?
- Osiyo chempionati davomida juda ko'p qiyinchiliklarga duch keldik. Ko'p o'yinchilarimiz kasal bo'lib qolishdi. Ammo shunga qaramay biz asosiy maqsadga erishdik.

- Jamoa Kolumbiyadagi Jahon chempionatiga qaerlarda tayyorgarlik ko'radi?
- Bu borada loyihamiz bor. Endi Evropa yoki Janubiy Amerika mamlakatlarida tayyorgarlik ko'rishimiz mumkin. Ammo avval Vetnam futbol federaciyasi bilan maslahatlashib olishimiz kerak.

- Vetnam Jahon chempionatida ham shu tarkib bilan o'ynaydimi? Yoki jamoani yana kuchaytirishi mumkin bo'lgan o'yinchilar bormi?
- Vetnamda 2015 yilda futzal ligasi tashkil etildi. Bu klublarda o'ynayotgan eng kuchli o'yinchilar shu erda. Tarkibni kuchaytirish borasida albatta ish olib boramiz.

- Osiyo chempionatining tashkiliy tomonlariga qanday baho berasiz?
- Barchasi uchun katta rahmat aytaman. SHaroitlar ajoyib bo'ldi. Osiyo chempionati yaxshi saviyada o'tkazildi. O'zbek xalqiga minnatdorchilik bildiraman.

- Vetnam qolgan jamoalar orasida birinchi bo'lib 28 yanvar kuni Toshkentga kelgandi. Bu jamoaingizga qanchalik yordam berdi?
- Odatda katta musobaqalarga 2-3 hafta qolganida boshlardik. Bu safar yig'inni Toshkentda o'tkazdik. Vetnamda Yangi yil bayrami bu erdagidan kechroq nishonlanadi. Futzalchilarni oilalaridan ajratib bor etiborni Osiyo chempionatiga qaratish uchun O'zbekistonda yig'in o'tkazdik. Bu bizga katta yordam berdi.

- Turnirdagi eng katta ijobiy jihat nima?
- Men 2013 yil Vetnam terma jamoasiga kelganman. Biz 2014 yilgi Osiyo chempionatida pley-off bosqichiga ham chiqqandik. Ammo Eronga to'qnash kelib qolgandik. Bu safar esa Jahon chempionati yo'llanmasiga ega bo'ldik. Demak mamlakatda futzal rivojlanmoqda.

Narzulla Saydullaev
Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика